Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganishga asosiy yondashuvlar

Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganishga asosiy yondashuvlar

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganishga asosiy yondashuvlar - rasmi

Material tavsifi

Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganishga asosiy yondashuvlar Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganish qadimdan insoniyatni qiziqtirib kelgan va hozir ham bu muammo o'zining dolzarb ahamiyatini yo'qotmagan. Masalaning murakkabligi shundaki, ilk diniy qarashlar paydo bo'lgan insoniyat tarixining qadimgi davrlaridan bizgacha yetib kelgan ashyoviy manbalar va etnografik ma'lumotlar ilmiy xulosa chiqarishimiz uchun yetarli emas.Qadimgi davrlardan dinni o'rganishda muammoga yondashuv va ularnihal etish usullari bilan o'zaro farq qiladigan ilohiyot va ilmiyyo'nalishlar yuzaga kelgan. Ilohiyot ta'limotiga ko'ra olam, undagi barcha narsa va jonzodlarni xudo yaratgan. Olamdagi barcha hodisa va jarayonlar uning irodasi bilan yuz beradi. Jahon dinlaridan biri bo'lgan xristianlik ta'limotiga binoan xudo insonni o'zining jismiga monand qilib yaratdi va moddiy olamga egalik qilishni buyurgan. Xudo borliqni, shu jumladan, insonni ham yaratgan vaqtda u bilan bevosita muloqotda bo'lgan. Lekin, Odam Ato (Adam) va Momo Havo (Yeva) xudoning irodasini bajarmay gunohga yo'l qo'yganligi sababli, u bilan bevosita muloqot imtiyozidan mahrum bo'ldi. Lekin xudo insonga xalos bo'lish imkoniyatini berdi. Insoniyat xudoni bilish, ilohiy haqiqatni idrok etish salohiyatini saqlab qoldi. Zero, insonning xudo bilan bevosita aloqani qayta tiklash yo'lidagi faoliyati umumiy nom bilan din deb ataladi.Insoniyat xudo bilan aloqadan mahrum bo'lganidan keyin jaholat,zulmat, adolatsizlik, yovuzlik va muhtojlik kabi vayronkor kuchlarga qarshitinimsiz kurash olib borishga duchor qilindi. Qiyin sinovlarga duchor bo'lganinson xudoni bilish maqsadidan voz kechmadi. Uning bu boradagi dastlabkiqadami xudoga ibodat qilishdan boshlangan.Injilda qayd etilishicha, insondastlabki ibodatida xudoga qurbonlik keltirgan. Mashaqqatli mehnat bilan topgan mahsulotining bir qismini qurbonlikka bag'ishlagan va yo'l qo'ygan xatosi uchun har qanday sinovlardan o'tishga tayyorligini namoyish etgan. Ilohiyot insoniyat tarixini xudoni bilish tarixi deb biladi. Odamzod asrlar davomida xudoni bilishga intilib, moddiy dunyo to'g'risidagi bilimlarini takomillashtirib bordi va bu jarayon hali nihoyasiga yetgani yo'q.Kishi xudoga e'tiqod qilishni dastlab yakka xudoga sig'inishdan boshlagan. Keyinchalik turli obyektiv va subyektiv sabablar tufayli tabiat voqeliklarini ilohiylashtirgan va ko'pxudolik paydo bo'lgan. Uzoq vaqt davom etgan izlanishlardan keyin yagona xudoga sig'inish yana qayta tiklandi. Ilohiyot an'analariga asoslanadigan dinshunoslar din tarixini yuqorida qayd etilgan prinsiplar asosida o'rganadi. Fan dinning vujudga kelish sabablarini o'rganishda boshqa prinsip va qonuniyatlarga asoslanadi. Olamning g'ayritabiiy kuch faoliyati natijasida paydo bo'lganligi g'oyasi inkor qilinadi. Fan dinni madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ilmiy uslublarga tayanib o'rganadi. Dinni ilmiy o'rganish dalillarga asoslanadi. Dinshunoslik bu dalillarni tabiiy va ijtimoiy fanlardan oladi. Tarixiy manbalarga ko'ra insoniyat hozirgi holatga ega bo'lishi uchun bir necha million yillik tadrijiy rivojlanish davrlaridan o'tgan. Bu jarayon bir qator bosqichlarga bo'linadi. Miloddan avvalgi 40-35-ming yilliklarda «Xomo xabilis» (ishbilarmon odam) o'rnini «Xomo sapiyens» (ongli odam) egallagan. «Xomo sapiyens»ning dastlabki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga