GLOSSARIY AVTOKYeFALЬ ChYeRKOVLAR (yunoncha - o'z-o'zini boshqarish) - pravoslavlikdagi mustaqil boshqaruvga ega bo'lgan cherkovlar tuzilmasi. Malum bir tashkilot avtokefal maqomini olishi uchun miro moyini mustaqil ravishda tayyorlay olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. AVYeSTO (Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto) - joriy qilingan qatiy qoidalar, sanskrit tiliga yaqin o'ziga xos (avesto tili) tilda yozilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi. AVTONOM ChYeRKOVLAR (yunoncha - mustaqil) - biror-bir avtokefal cherkovdan ichki tartib-qoidalarni mustaqil bajarish huquqini olgan cherkov. Avtonom cherkov rahbari avtokefal cherkov patriarxi tomonidan tasdiqlanadi. AGNI - yer xudolarining eng ulug'i yerda quyoshning, havoda chaqmoqning, yer ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov xudosidir. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. U odamlar qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan va biror qurbonlik uning vositasisiz xudolarga etib bormaydi, deb hisoblangan. ADJI - To'rt tomoni teng bo'lgan salb bo'lib, tangrichilik dinining ramzi hisoblanadi. U barcha narsa asliga qaytishining ifodasi bo'lgan. ADONAY - Yahudiylikda ibodat vaqtida zikr qilinadigan Xudoning ismlaridan biri. AZIZ - isnod tabaqasining barchasida roviylari soni ikkitadan oz bo'lmagan hadis. AKYeM MANA - yomon fikr, adashtirish mabudi, Axriman tarafdori. AQIDA - arab tilida biron narsani bir-biriga bog'lash manosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri. AQIQA - Aqiqa lug'atda qorin sochi degan manoni anglatadi. Atama sifatida esa, tug'ilgan chaqoloqning sochini olish va tavalludi munosabati bilan so'yiladigan qo'yga aytiladi. AQLIY DALIL - mutakallimlarning o'z raylari. Fikriy qarashlari asosida biron aqidaviy masalaga bergan javoblari. Aqliy dalil asosan mantiq bilan bog'liq hisoblangan. AMYeRYeTAT - baxt, abadiylik mabudi, Axura Mazda tarafdori. AMEShA SPENTA (Abadiy muqaddas) - Axura Mazda yaratgan 7 maxluqlardan biri. Boshqa fikrga ko'ra, Amesha Spenta -Axura Mazdaning timsoli. ANJUMANI MOG'ONYe IRON - ruhoniylar ierarxiyasidan tashkil topgan Eron Mobadlari kengashi. ANXRA-MAYNЬYu (yunoncha, Axriman) - yomonlik, yovuzlik, buzg'unchilik ibtidosi, zulmat egasi bo'lib, ezgulik va yorug'lik sohibi Axura Mazda va uning tarafdorlariga qarshi bosh ko'targan mabud. Apostol (yunoncha - «elchi») - xristian ta'limotiga binoan Isoning eng yaqin yordamchilarining unvoni. Ularning asosiylari 12 ta: Pyotr (Simon Ionin), Andrey, Ioann, Iakov Zevedeev, Filipp, Varfolomey, Matfey, Foma, Iakov Alfeev, Faddey, Simon Kananit, Iuda Iskariot (Isoni sotgan havoriy), Matfiy (Iudadan so'ng uning o'rnini egallagan). Bulardan tashqari yana 70 nafar havoriylar mavjud bo'lgani xristian adabiyotlarida qayd etiladi. ARON KODYeSh - Sinagogalarda Tavrot o'ramlari saqlanadigan maxsus joy. ATXARVA VYeDA - Afsun va jodular vedasi - koinot bilan bog'liq, mistik parchalar va sehr bilan aloqador duolardan iborat. O'sha davrda afsun va jodular olov ustida bajarilgani sababli, u afsonaviy ruhoniy Atxarvana - Olov ruhoniysi nomi bilan uzviy bog'liq. Atxarva Veda ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.23 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.23 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx