Dinshunoslik fanidan tayanch atamalar va iboralar

Dinshunoslik fanidan tayanch atamalar va iboralar

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Dinshunoslik fanidan tayanch atamalar va iboralar - rasmi

Material tavsifi

Asosiy tushuncha va atamalar. Ajdodlarga sig'inish - ibtidoiy din shakli. A.s. ning turli shakllari mavjud bo'lgan. A.s. dafn marosimlari (o'lgan kishilarning joni va ruhi haqidagi tasavvurlar), shaxsiy homiy ruhlarga, oila-urug' oksoqol homiylariga sig'inish qabilar asosida tarkib topgan. A.s. da ajdodlarning ruhlari urug'ning a'zosi bo'lib qolishi, lekin ular odamlardan kuchli bo'lgani sababli urug'ning farovonligi shu ruhlarga bog'liq, degan tasavvur katta ahamiyat kasb etgan. Bu tasavvurlar obru-e'tiborli urug' oqsoqoli timsolini qabila xudosi darajasiga ko'tarish uchun g'oyaviy asos bo'lib xizmat qilgan. Jamiyatda kishilarning ijtimoiy belgilariga ko'ra, tabaqalashuviga mos ravishda ajdodlar ruhlarning ham tabaqalashuvi sodir bo'ladi, natijada qabila boshliqlari, urug' oksoqollariga sig'inish birinchi o'rinni oladi. Buning asosida qad. dinlarda qaxramonlarga sig'inish, keyin esa, avliyolarga sig'inish vujudga kelgan. O'rta Osiyo xalqlari orasida ham bu odat mavjud. Arvoxlarni eslash, ularga sig'inib, madad so'rash, jonlik so'yish, is chiqarish kabi shakllarda namoyon bo'ladi. Islomda A.s. qoralanadi. Aqida (arab «aqd» - bir narsani ikkinchisiga maxkam bog'lash, ko'plikda aqoid)- balog'atga yetgan kishi e'tiqod qilishi, iymon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga maxkam bog'lab olib undan ajralishi mumkin bo'lmagan shar'iy-e'tiqodiy xukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan A.siga bog'liq. Agar A.si pok bo'lsa, yo'li to'g'ri bo'ladi, qilgan barcha amallari qabul bo'ladi. A masalasi o'ta muxim bo'lganidan ham, Odamatodan boshlab oxirgi payg'ambar Muhammad (s.a.v.)gacha bu masalani Alloh taloning o'zi ko'rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha A. masalasi bir xil bo'lib kelgan. Islom A. larining asosi Qur'onda berilgan, xadislardagi ko'rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yunalishi iloxiyotga etirof etiladigan A. lar yoki iymon talablari 7 ta : Allohning yagonaligiga, payg'ambarlarga, oxiratga, taqdirga va qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish. Shialik yunalaishi iloxyotida . tan olinadi: tavxid (Allohning yagonaligi), nubuvvat (payg'ambar)ga ishonish, adl (iloxiy taqdirning adolatligiga ishonishi), imomat (Imomlar xokimiyatini tanish), maod (oxiratga ishonish ). BIBLIYa (Yunon Biblia- kitoblar) -yaxudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. B. ikki asosiy qism - Qadimgi axd va Yangi axdga bo'linadi. «Axd» so'zi Хudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi axd yaxudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qadimiy davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi axd esa, faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular diniy shaklanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, B. - Хudoning kalomi, barcha insonlarga yo'llangan, dunyo va odamzodning paydo bo'lishi va «oxirat» sirni ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi - yagona haq Хudoning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. B. miloddan avvalgi 8 asr va milodiy 2 asrlar oralig'ida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. B. matnlari tadqiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.12 KB
Ko'rishlar soni 289 marta
Ko'chirishlar soni 87 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.12 KB
Ko'rishlar soni 289 marta
Ko'chirishlar soni 87 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga