Dinshunoslik faniga kirish va uning tarkibiy qismlari Reja: Din. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi. Dinshunoslik fani sohalari. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Dinlarni tasniflash. Tayanch tushunchalar: Din, e'tiqod, yo'l, mazhab, religiya, «religio», «relegere», transtsendent, immanent, kult, dinshunoslik, al-Firaq, ar-Radd, ad-Diyonot, al-Milal, din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi. Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e'tiqod tuyg'usi yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg'usidir. Ishonmoq tuyg'usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma'naviy ehtiyojlaridandir. Din arabcha so'z ekani barchaga malum. Lekin, din tushunchasini to'liq anglab olish uchun, uning ham lug'aviy, ham istilohiy manolarini alohida-alohida olib tanishib, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so'zi دان (dâna) felidan yasalgan bo'lib, kimgadir bo'ysunmoq, bo'yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo'lmoq, e'tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq; diynun so'zi esa, din, imon, ajr-mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq kabi manolarni bildiradi. O'zbek tili lug'at adabiyotlarida din - ishonch, ishonmoq, e'tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo'ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo'l tutish, odat qilish, e'tiqod qilish manolarini bildirishi keltirib o'tiladi. Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda drm, darm, nom va den kabi so'zlarni ishlatganlari malum. Ulardan drm, darm din, aqida manosida sanskritcha (qadim hind tili) dharmadan (Pali tilida dhamma); nom din ishonch, qonun manosida sug'd tilidan kirib kelganligi aytiladi. O'zbek tilidagi din manosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. Jumladan, zardushtiylarning manbasi Avestoda din sifatida daena, qadimgi fors pahlaviy tilida den, din, dena, daena so'zi ishlatilib, «yo'l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi manolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so'zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo'lib, «hukm», «amr» va «qonun» manolarini anglatgan. Rus tilida din manosini anglatadigan «religiya» so'zining kelib chiqishi borasida lug'atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o'tilgan. Ulardan bazilariga ko'ra mazkur atama lotincha «religio» so'zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo'ylik, mo'minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat-topinish-sig'inish va u bilan bog'liq diniy marosimlar» degan manolarni anglatadi. Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so'zi semantik, mano va morfologik jihatdan «relegere» so'zi bilan bog'liq bo'lib, «yangidan to'plamoq, yangidan tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi manolarni anglatadi, deb takidlaydilar. Olimlar muayyan e'tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo'lishi lozimligini takidlaydilar. Bulardan birinchisi, g'ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish obyekti - Xudo bo'lishi shart hisoblanadi. Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga - transtsendent va immanent ilohlarga bo'lish mumkin. Transtsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo'lmagan, qusur ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.05 KB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.05 KB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx