Dinshunoslik faniga kirish. Dinning ibtidoiy formalari

Dinshunoslik faniga kirish. Dinning ibtidoiy formalari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Dinshunoslik faniga kirish. Dinning ibtidoiy formalari - rasmi

Material tavsifi

«Dinshunoslik» faniga kirish. Dinning ibtidoiy formalari Reja: 1. Dinshunoslik fani va uning asosiy maqsadi. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. 2. Dinlarning tasnifi. Diniy ong asoslarining shakllanishi. 3. Dinning tarixiy shakllari: totemizm, animizm, fetishizm, shamanizm, magiya. Din insoniyat ma'naviy hayotining tarkibiy qismidir. O'zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma'naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo'yilgan bir paytda din masalasini chetlab o'tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo'lgan diniy bo'lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo'lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o'zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir. O'zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo'lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, Farbda X1X asrning o'rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo'l bosib o'tib, ko'plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-qadrlarni tarbiyalay boshladilar. Din - e'tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo'yib bo'lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o'z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko'p qirrali bo'lmog'i, birovning g'arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo'lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma'lumotlar asosida mutaxassis bo'lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo'lgan sharoitlarda o'quvchilarning ko'z o'ngida mazkur mualliflarning obro'sizlanishiga yoki o'quvchini noto'g'ri tasavvurga ega bo'lib qolishiga olib keladi. O'rta Osiyoga islom dini kirib kelguniga qadar bu yerda Din va Qonun o'zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a'zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to'la ma'lumot beradi. O'quvchilarda qonunga hurmat hissini, o'zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg'ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o'z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o'tkazish g'ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo'ravonlik, tajovuzkorlikka yo'l qo'ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. O'zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo'lishi ham juda muhimdir. Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo'lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to'g'ri, haqiqiy, odil hayot yo'lini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta'limotdir. Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo'ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.39 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.39 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga