Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari. Urug'-qabila va milliy dinlar. Reja: 1.Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma'naviy qadriyat sifatida. 2. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish (regulyatorlik), birlashtirish (integratorlik), tasalli berish (kompensatorlik), aloqa o'rnatish (kommunikativ) 3. Insoniyatning dastlabki madaniyat o'choqlari va ulardagi diniy tasavvurlarning xilma-xilligi. Ilk tabu (ta'qiq), totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik). 4. Hinduiylik. Vedalar va upanishadlar - hinduiylikning muqaddas kitoblari. 3.Konfutsiylik. Konfutsiylikda ijtimoiy-axloqiy masalalar. 5.Yahudiylik ta'limoti. Tayanch so'z va atamalar: Din, dinning strukturasi, dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish (regulyatorlik), birlashtirish (integratorlik), tasalli berish (kompensatorlik), aloqa o'rnatish (kommunikativ), tabu (ta'qiq), totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik), Hinduiylik. Vedalar va upanishadlar, Konfutsiylik. Daosizm, Yahudiylik Dinshunoslik fanining tadqiqot obyekti va predmeti. Dinshunoslik fanining ham o'z o'rganish obyekti, ya'ni predmeti mavjud. Dinshunoslik - din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat hayotida tutgan o'rni, hurfikrlilik, diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o'zaro munosabatlari kabi masalalarni o'rganuvchi ilmiy-falsafiy o'quv predmeti sanaladi.Dinshunoslik fani ilohiyotdan farqli ravishda, u din haqida faqat arxeologiya, etnografiya, tarix, demografiya, psixologiya kabi fanlar beradigan ilmiy dalillarga suyanib ish yuritadi va uni bayon etadi, tushuntiradi. Dinshunoslik - kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo'lgan barcha din shakllarining ma'nosi, uning ma'naviy, ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, ularning tarixi va g'oyalari, ta'limotlari mohiyatini, marosimlari, jamiyat hayotida tutgan o'rni va tamoyillarini ilmiy asosda o'rganuvchi, izohlovchi va o'rgatuvchi fandir.Dinshunoslik XIX asr o'rtalarida G'arbiy Yevropada alohida fan tarmog'i sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari-Myuller, Taylor, Tile, Sosse, Freyzerlardir. O'zbekistonda dinshunoslik XX asrning 30-yillarida shakllana boshlagan. Oldin esa faqat islomshunoslik bor edi, xolos. Dinshunoslik fanini o'rganishning ahamiyati. Dinshunoslik fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta'limotlari, yo'nalishlari, mazhablari haqida to'g'ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniy va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to'g'ri dunyoqarashni shakllantiradi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko'rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo'lib xizmat qilishi lozim. Din va qonun o'zaro munosabatlarini yaxshi bilish Respublikada demokratik, huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Dinshunoslikni o'rganish g'oyat muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Bular quyidagilardan iborat: ' -u dinga obyektiv, ya'ni xolisona, ilmiy, oqilona baho berishni o'rgatadi; uni ko'klarga ko'tarib, haddan oshirib yubormasdan va ayni vaqtda yerga urmasdan baho berishni o'rgatadi; -u din, jumladan islom haqidagi asossiz ta'limotlarni rad etishni, uni buzib, sohtalashtirib baho berishlarning zararli ekanligini isbotlaydi; -dinni hurfikrlilik, ya'ni u ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
50.65 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
50.65 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: pptx