Dinshunoslik faniga kirish

Dinshunoslik faniga kirish

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Dinshunoslik faniga kirish - rasmi

Material tavsifi

DINShUNOSLIK FANIGA KIRISh. RYeJA: 1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog'liqligi. 2. Din va dinshunoslik atamalarining ta'rifi. 3. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. 4. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. 5. Dinlarni tasniflash. Tayanch tushunchalar: Din, e'tiqod, yo'l, mazhab, religiya, «religio», «relegere», transtsendent, immanent, kult, dinshunoslik, «al-Firaq», «ar-Radd», «ad-Diyonot», «al-Milal», din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi. Mavzu o'quv maqsadi: Talabalarda dinning mohiyati, dinshunoslik fanining yuzaga kelishi tarixi, dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari, dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. Dinshunoslik» fanining vazifasi - dinning jamiyatga ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy ta'siri haqida bilimlar berish; - ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta'limotlari haqida ma'lumot berish; - dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish; - jamiyatni ma'naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish; - dunyoviy davlat va dinning o'zaro munosabatlarini yoritib berish; - diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g'oyaviy immunitetni shakllantirish; «Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko'r-ko'rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o'rnini ilmiy jihatdan, ma'naviy hayotning bir bo'lagi sifatida yondoshib o'rganadi. O'zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o'zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo'lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o'z dini, urf-odatlari va an'analari mavjud. DINShUNOSLIK FANINING BOShQA SOHALAR BILAN BOG'LIQLIGI. Arab manbalarida qayd etilishicha, DIN so'zi «دان» («dâna») felidan yasalgan bo'lib, «kimgadir bo'ysunmoq, bo'yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo'lmoq, e'tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq»; «diynun» so'zi esa, «din, imon, ajr-mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq» kabi manolarni bildiradi. Din va dinshunoslik atamalarining ta'rifi O'zbek tilidagi «din» manosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. Jumladan, -zardushtiylarning manbasi «Avesto»da «din» sifatida «daena», -qadimgi fors pahlaviy tilida «den», «din», «dena», «daena» so'zi ishlatilib, «yo'l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi manolarni bildirgan. -Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so'zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo'lib, «hukm», «amr» va «qonun» manolarini anglatgan. «Al-Firaq» (Firqalar) yo'nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir Bag'dodiyning (vaf. 1038 y.) «al-Farq bayn al-firaq» (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092 y.) «Bayn al-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin. «Ad-Diyonot» (Dinlar) yo'nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-Navbaxtiyning (vaf. 910 y.) «al-Aro vad-diyonot» (e'tiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Masudiy (vaf. 957 y.) o'zining «ad-Diyonot» (Dinlar), Masbihiy (vaf. 1029 y.) «Darkul bug'yati fiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.53 MB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.53 MB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga