Etnomadaniyat fani va uning tarixiy-nazariy asoslari Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakaatuhu - Sizga tinchlik, salomatlik, Allohning rahmati va barakalari bo'lsin, aziz talaba! Bugungi kunda turmush tarzimizni ijtimoiy-madaniy faoliyat yutuqlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Buning boisi o'zbek xalqi uzoq o'tmishdan boshlab ma'naviy madaniyatni yuksaltirishda etarlicha faoliyat ko'rsatib kelgan. Kishilik tarixida yaratilgan va malum taraqqiyot bosqichlarni o'z boshidan kechirgan buyuk siymolar hamda ota-bobolarimiz, ma'naviy madaniyat yutuqlarini oltin meros sifatida kelajak avlodlarga qoldirib ketgan. Albatta bunday vorisiylik o'z navbatida yosh avlodning ijtimoiy ongida hurmat, ehtirom shukuhini tashkil etsa, bu muqaddas qadriyatni ijtimoiy hayotda sodir bo'layotgan barcha o'zgarishlarga qaramay, bu merosdan mukammal foydalanishni, uni yanada taraqqiy etishi uchun barcha imkoniyatlarimizni amalda qo'llashlikni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi huzurida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg'armasini qo'llab-qo'ltiqlash to'g'risida»gi Qarorida o'tmish milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma'rifiy merosini ko'z qorachig'iday asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo'shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanishtirish, uni keng targ'ib etish, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g'urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g'oyalariga sadoqat tuyg'ularini singdirib borish kerakligi haqida aniq ko'rsatmalar beriladi. Shunday ekan hozirgi jamiyatimiz hayotida sodir bo'layotgan jadal o'zgarishlar har birimizdan davr bilan hamnafas bo'lib faoliyat ko'rsatishga, O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga, istiqlol yo'lida buyuk davlat barpo etish ishida safarbarlikni qo'ldan bermaslikka davat etadi. Oliy o'quv yurtlarining ijtimoiy-madaniy faoliyat yo'nalishida olib boriladigan etnomadaniyat fani o'z oldiga yuqorida qayd etilgan ulkan vazifalarni bajarishga qaratilgan. Etnomadaniyat faniga ta'rif berib uni to'laligicha izohlab, shu asnoda elektron darslik yaratib chiqishdan oldin, shu fanga bo'lgan mutaxassis-olimlarimizning etibori, tadqiqot hamda ilmiy-amaliy yo'nalishlarda olib borilgan kuzatish, tahlillash, izohlash hamda ilmiy-ommaviy risolalarda qayd etilgan fikr hamda yakuniy tushunchalarga tayanishga to'g'ri keldi. Ayniqsa, bu fan asoslarini o'rganish borasida I.A.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalaridagi chiqishlari, nutq, ma'ruza hamda barcha asarlarida bayon etilgan ko'rsatma, fikr, mulohaza va takliflari o'rganib chiqildi. Prezidentimiz tomonidan jamiyatimiz hayotida tubdan o'zgarishlarni amalda bajarishga qaratilgan islohotlar yo'lidagi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari, «ta'lim to'g'risida»gi Qonun asoslari hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi qaror, buyruq hamda yuriqnomalarida ko'rsatilgan ijtimoiy-madaniy faoliyat yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash masalasidagi me'yoriy hujjatlar o'rganib chiqildi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlari. Asosiy qoidalari. Oliy ta'limning Davlat ta'lim standarti. Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori» kabi hujjatlarni bajarishga harakat qilindi. Etnomadaniyat asoslarini o'rganish va ularga tayangan holda kundalik o'quv-tarbiya jarayonida ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
263.56 KB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
263.56 KB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: doc