Hindiston dinlari: vedizm-braxmanlik hinduiylik, jayniylik, sikxiylik Reja: Vedizm. Braxmanlik. Hinduiylik. Jayniylik. Sikxiylik. Tayanch tushunchalar: Veda, Veda xudolari, Varuna, Indra, Kasta, Upanishada, Sansara, Trimurti, Bhagavadgita, Maxavira, Sikxiylik, Amritsar, Xarimandr, Nirgun. Hindiston turli elat va millatlarni o'z bag'riga olgan boy o'lka bo'lishi bilan bir qatorda, hozirda mavjud bir qancha dinlarning vatani ham hisoblanadi. Hindiston dinlari o'zining ko'pmingyillik taraqqiyoti davomida bir necha bor takomillashdi va nomlari o'zgardi. Miloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o'rtalarida Sharqiy Yevropadan Hindistonning shimoli-g'arbiy qismi, hozirgi Panjob hududiga g'arbdan Hindiqush dovoni orqali o'zlarini oriylar deb atagan jangari xalqlar bostirib kelib, Hindistonni istilo qila boshladilar. Ular o'zlari bilan muqaddas yozuvlari, sanskrit tilidan tarjima qilinganda muqaddas, ilohiy bilim manolarini anglatuvchi, Vedalarni ham olib kelgan edilar. Vaqt o'tishi bilan, oriylar tomonidan olib kelingan mazkur matnlar butun hind xalqining eng muqaddas manbasiga aylanib qoldi. Hind muqaddas kitoblari ikki qismga Vahiyga tayanuvchi - Shruti va Dostoniy - Smitriga ajraladi. Vedalar bulardan Shrutiga kiradi. Vedalar ibodat masalalari, marosim, falsafiy ta'limotlar, tarixiy xabarlar, ilohiy qo'shiq, niyoz, duo, yashash qoidalari, tilsim va sehr kabi mavzulardan iborat. Shuningdek, Vedalar, Rishi deb nomlanuvchi g'ayritabiiy kuchlar bilan aloqada bo'la oladigan kishilarga vahiy qilingan, deb e'tiqod qilinadi. Hindistonning 3500 yillik tarixini yoritib beruvchi Vedalar 4 bo'limdan tashkil topgan: 1. Rig Veda - Madhiyalar vedasi - 1017 ta qo'shiqdan tashkil topgan. Har bir qo'shiq yaqin satrdan iborat. Bu qo'shiqlar o'nta kitob, yani Mandalaga bo'linadi. Ular ichida eng uzuni 191, eng qisqasi 43 ta qo'shiq mavjud. Rig Veda vedalar ichida eng muhimi va qadimiysi hisoblanadi. Unda o'ziga xos adabiy vazn mavjud bo'lgani sababli u baland ovozda o'qiladi. Bu veda shukr va istak, ulug'lash shaklidagi duolar, jang paytida aytiladigan sherlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, Rig Veda Avestoning bazi jihatlarini ham ochib bergani sababli ko'plab noaniq afsonaviy shaxslar bu ikki manbani bir-biri bilan qiyoslash natijasida paydo bo'lgan. Rig Vedaning qadimiy hindlar madaniyatidagi o'rnini tushunish uchun kitobning paydo bo'lish tarixiga ham nazar solish lozim. Oriy qabilalarining ko'chib kelishlari ko'p asrlarga cho'zilgan va juda keng miqyosni qamrab olgan uzoq jarayon bo'lgan. Oriylar bu mintaqaga kelganlarida ularning nafaqat jang aravalari, balki xudolarga bag'ishlangan, jangchilarning jangovar ruhini qo'llab-quvvatlovchi, dushman ustidan g'alaba qilishlari, shon-shuhrat, boylik, erkak avlod qoldirish, taraqqiy etish uchun bo'lgan intilishlarini aks ettiruvchi madhiyalari mavjud bo'lgan. Bu madhiyalar ruhoniy oilalarida og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga o'tdi va keyinchalik kitob holiga keltirildi. Rig Veda Hindiston hududi, asosan, Panjob, Hind daryosi havzasida yagona asar holiga keltirildi va Shimoliy Hindistonning miloddan avvalgi II-I ming yilliklarida yuz bergan voqealari haqida ma'lumot beruvchi yagona manbai hisoblanadi. ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.85 KB
Ko'rishlar soni
277 marta
Ko'chirishlar soni
58 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.85 KB
Ko'rishlar soni
277 marta
Ko'chirishlar soni
58 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: docx