Prezident Islom Karimovning ma'na''viyat, uning mezonlari va milliy-ma'naviy tiklanish haqidagi konsepsiyalari. Reja: Ma'naviyatning ma'no-mazmuni. Prezident Islom Karimovning Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida ma'naviyat tushunchasiga bergan ta'rifi, uning ma'naviyat mohiyatini o'rganishdagi o'rni. Prezident Islom Karimovning ma'naviyat, uning mezonlari haqidagi konsepsiyasi. Mamlakat va jamiyat taraqqiyotida milliy - ma'naviy tiklanishning ustivorligi. Ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishiga chorlaydigan, odamning ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch. (I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T.:Ma'naviyat, 2008, 19-bet). Buni chuqur his qilgan va o'z qalbidan o'tkazgan Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik jamiyatni qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurishni milliy-ma'naviy tiklanish bilan uyg'un holatda bo'lishi kerakligini ham ilmiy asoslab berdi. U o'zining hajmi jihatdan kichik bo'lsa ham ammo mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental dastur bo'lgan «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyoti» nomli asarida mustaqillikdan keyin O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy sohasidagi strategik vazifalarini ham belgilab berdi. Umuman bu asar O'zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Chunki unda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish sohasida ilgari surilgan barcha g'oyalar o'tgan davrda o'zining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi bosqichga ko'tarildi. Islom Karimov ushbu asarida mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlarini belgilab berar ekan, «O'zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi» - deb ko'rsatadi va quyidagilarni belgilab beradi. umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalqimizning ma'naviy merosini mustah-kamlash va rivojlantirish; insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; vatanparvarlik. Ko'rinib turibdiki, Prezidentimiz o'z asarida ma'naviyatimizni rivojlantirish vazifalarini bel-gilab bergan. Islom Karimovning milliy-ma'naviy tiklanishga bag'ishlangan konsepsiyasida vatanparvarlikning shaxs ma'naviyatining ajralmas qismi ekanligini asoslab berish alohida o'rinni egallaydi. Haqiqatan ham o'z Vatanini sevmagan, uning har qarich yeri uchun mas»ulligini his yetmagan har bir inson ma'naviy jihatdan qashshoq hisoblanadi. Muallim talabalar diqqatini xuddi mana shu g'oyaning mohiyatini tushunib yetishga qaratishi lozim. Prezidentimiz mazkur asardagi milliy-ma'naviy tiklanish vazifasini amalga oshirishga bag'ishlagan konsepsiyalarini o'zining boshqa asarlarida ijodiy rivojlantirgan, yangi mazmun bilan boyitgan, taraqqiyotimizning yangi bosqichida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish ehtiyojlariga mos ravishda uning yangi yo'nalishlarini belgilab bergan. Xususan, ular «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida», O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «Amir Temur - faxrimiz, g'ururimiz», «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q», «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin», «O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan qurmoqdamiz («Turkiston» gazetasining muxbiri savollariga javoblar), «Olloh qalbimizda, yuragimizda («Turkiston ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.17 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.17 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: docx