Mavzu. «Ibtidoiy dinlar» Reja: Ibtidoiy odam va uning hayot tarzi Totemizm Animizm Fetishizm Shomanizm Magiya Ibtidoiy mifologiya Ibtidoiy dinlarning bugungi kundagi ko'rinishlari Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to'la shakllangan diniy sistemaga ega bo'lmagan. Ularda boshlang'ich diniy tasavvurlargina bo'lgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug'chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bo'lgan. Ibtidoiy odam o'z qarindoshlarini ko'mishda maxsus marosimlar, malum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi. Jasadni qizil mineral bo'yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar kabi narsalar qo'yilar edi. Bularning bari o'z jamoa a'zolarining dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo'lganligidan dalolat beradi. Bizga malumki, arxeologik izlanishlar jarayonida yer yuzining turli joylaridagi g'orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. Fanga malum bo'lgan bu g'orlardagi suratlarning ko'pchilgi ov sahnasi, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudot suratlaridan iborat. Totemizm. - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida O totem (uning urug'i) degan so'zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g'oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo'lib, qadimgi zamondagi urug'-qabila a'zolarining muayyan bir hayvon, o'simlik bilan g'ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon qarindoshligi bo'lgan deb, bu hayvon va o'simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog'liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir qabila yoki urug' o'z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko'zda tutib, bazi hayvonlarni ovlar va ular haqida etarli ma'lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug' bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo'lsa kerak, degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada bazi hayvonlar, keyinchalik esa o'simlikning bazi navlari ham muayyan urug' a'zolarining ajdodi - totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug' a'zolari totemning yordamiga ko'z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o'z homiylari deb hisoblaganlar, sehr yo'li bilan unga ta'sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, ezozlangan, uni otib o'ldirish, istemol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, yani tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o'simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda istemol qilish mumkin bo'lgan. Totemizm e'tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug'lari nomlaridan payqash mumkin. Ular urug'larni aniq hayvonlar kengru, oq ho'kiz, qora ho'kiz kabi yoki ayrim o'simliklar nomi bilan ataganlar. Totemizm ta'sirida paydo bo'lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qatiy ravishda qo'llanildi. Bu totemga xos bo'lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va normalaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli totemistik ko'rinishlarni evolyutsion xarakteriga ham ta'sir ko'rsatdi. Vaqt o'tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqidagi tasavvur ilgari surildi. Totemizmda odam vafot etgach, uning o'z totemiga aylanishi ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.42 MB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.42 MB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: ppt