IJTIMOIY TARAQQIYOT Reja : Ijtimoiy taraqqiyot g'oya va mafkuralar tarixi sifatida Jamiyat rivoji va bunyodkor g'oya Vayronkor g'oya va mafkuralar Mustahkam ildiz-rivojlanish garovi Tarixiy davrlar o'zgarishi bilan mafkura va g'oyalar o'zgarishi, ya'ni eskirgan o's umrini yashab bo'lgan g'oyalar o'rniga yangi davrni, yangi voqelikni yuzaga kelishi, shakllanishi va yakunlanganligini ko'ramiz, xalqimiz Xar bir narsaga vaqt xakamlik qiladi deb bejiz aytmagan. Demak, yangi g'oya va mafkuralar zamonda vujudga kelib, zamonda nihoyasiga yetadi. Bu qonuniyatli sanaladi. G'oyaviy , mafkuraviy jihatdan mustahkam davlat va uning xalqini qul etish, qaram qilish, talash anchayin qiyin. Qaysi yurt g'oyaviy jihatdan zaif bo'lsa, u yerda mafkuraviy beqarorlik bo'lsa, u xalq uyusha olmaydi. Insonlar, davlatlar va xalqlar taraqqiyoti g'oyalar va mafkuralar kurashi tarixidan iborat. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, mafkura va g'oya faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda eng dolzarb ijtimoiy siyosiy masala, har qanday jamiyatni sog'lom, ezgu maqsadlar sari birlashib, uning o'z maqsadlariga erishish uchun ma'naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo'lib kelganligini o'z asarlarida ta'kidlab kelganlar. Mafkura va xalqning hayotiyligi, uning xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog'li mos bo'lishi, eng muhimi, jamiyatimiz xalqning, davlatning milliy manfaatlarini qay darajada aks ettirishi bilan o'lchanadi. Insoniyat tarixida, jamiyat va sivilizatsiyalarda ulkan ta'sir ko'rsatgan bunyodkor g'oyalar, ilg'or nazariyalar, ta'limotlar ko'p bo'lgan. Buni prezidentimiz I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q risolasida ko'rsatib o'tganlar. Insoniyat tarixi-g'oyalar tarixidir. G'oya inson taakkuri mahsuli, milliy g'oya esa millat tafakkurining mahsuli hisoblanadi. Milliy g'oya- inson va jamiyat hayotiga ma'no- mazmun bahsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir. Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad0muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalgam oshirish tamoyillarini o'zida mujassam etadigan g'oyalar tizimidir. Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g'oya bo'la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr-o'ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa-voqelikka nisbatan o'zgarish yoki harakatni taqazo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G'oya an shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug'ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi. Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta'sir ko'rsatgan nazariya, ta'limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovot, iste'dod va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanliklarini ko'ramiz. Sokrat va Platon, Konfusiy va Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig'idir. Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch- bunyodkorlik va buzg'unchilik g'oyalari hamisha o'zaro kurashadi. Bunyodkor g'oya insonni ulug'laydi, uning ruhiga qanot bag'ishlaydi. Sohibqiron Amir Temurning parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shundan ezgu ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.31 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.31 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: doc