Inson ma'naviy kamolotida islom dinining o'rni

Inson ma'naviy kamolotida islom dinining o'rni

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Inson ma'naviy kamolotida islom dinining o'rni - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Inson ma'naviy kamolotida islom dinining o'rni «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi». O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi? Prezidentimiz uqtirganidek, odam tabiiy omillarga ko'ra, o'zi mansub bo'ladigan irq va elatni tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo'ravonligisiz o'zi tanlab olishi mumkin va lozim. Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan davlat, fuqarolik jamiyati qurish sari borayotgan ekanmiz, qanday dunyoqarashga asoslanishimiz kerak? Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo'nalishdagi - ilmiy - falsafiy va diniy - mistik dunyoqarash mavjudligi o'z - o'zidan ayon. Ularni bir biriga qarama - qarshi qo'ymagan holda - shuni ta'kidlash kerakki, O'zbekistonning asosiy qomusi - Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda tutilganligi bois bog'cha, maktab, oliy o'quv yurtlari va boshqa muassasalardagi ta'lim - tarbiya tizimi jarayonida ilmiy - falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi. Komil inson to'g'risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan O'zbekiston Prezidenti asarlarida, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, ta'lim to'g'risidagi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan. Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, odob - axloq, odamlarga yaxshilik qilish - insonning oddiy fazilati. Har bir xalqning o'zi yetuk allomalari, komil inson unvoniga musharraf bo'lgan ajdodlari bor. Ularning mehnati, merosi avlodlar ko'ksini g'urur bilan to'ldiradi. Xorazmiy, Farobiy, Farg'oniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Margiloniy, Beruniy, Ulug'bek, Navoiy, Muqumiy va boshqalar inson qadr qiymatini hamma narsadan ustun qo'yishga harakat qilganlar. Farobiy insonnig yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho beradi. U inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, o'z mehnati bilan ijtimoiy mohiyat kasb etishini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib ham insonga aql berib qo'yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday mushkullikni oson yenga oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy dunyoda insonga qaraganda ulug'roq kamolot yo'q, deydi: Menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam o'lsam ushbu basdir. Oila tarbiyasida doimiy ta'sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a'zolarining o'zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta'sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a'zolarining o'zaro munosabatlari samimiy bo'lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo'ladi. Tarbiyaning an'anaviy va zamonaviy turlari va usullari ko'p, shulardan biri shajaraviy tarbiyadir. Bu tarbiya usuli ma'lum bir avloddan kelib chiqqan avlodlarning qarindoshlik darajasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga