Islom - Jahon dini

Islom - Jahon dini

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom - Jahon dini - rasmi

Material tavsifi

ISLOM - JAHON DINI. R e j a : Islom dinining paydo bo'lishi. Muhammad ibn Abdulloh - islom dini da'vatchisi va asoschisi. Islom ta'limoti va qadriyatlari. Islomdagi oqimlar va mazhablar. Islomni e'tiqodga aylantirish davrida O'rta Osiyo xalqlari madaniyati. ISLOM DINING PAYDO BO'LISHI. Islom - dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Osiyo qit'asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afqoniston, Pokiston, Afrika kit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, G'arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma'lum bir qismi. Yevropakit'asida esa Bolqon yarimorolida yashovchi xalqlarning bir bo'lagi islomga e'tiqod qiladi. Islom O'rta Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi, G'arbiy Sibir va boshqa ayrim hududlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjuddir. Bu xalqlarning turmush tarziga o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga e'tiqod qiluvchilar, ya'ni musulmonlar bir milliard 300 mln.dan oshdi. Yevropa, Amerika va Rossiyada islom, uning tarixi va manbalarini o'rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Lekin islom tarixi, ta'limoti, muqaddas yozuvlarini tahlil, tatqiq qilish Rossiyada ayniqsa O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Shimoliy Kavkazda keng ko'lamda ancha oldin amalga oshirilgan. Bu ish endi yanada kengroq miqyoslarda olib borilmoqda. Arab xalqi hayotni VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqealar arab qabilalarining ijtimoiy hayot taqozasi bilan vujudga kelgan markazlashishga intilishga undagan. Islom ayni shu intilishni o'zida aks ettirgan g'oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan arab davlatining vujudga kelishi, qo'shni mamlakatlarga yurish qilib, yangi din Islomni targ'ib qilish arab xalifaligining kengayishi muhim ijtimoiy yo'nalish edi. Markaziy va Sharqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari o'rtasida ibtidoiy tuzumga xos bo'lgan politeistik majusiylik diniy tasavvurlari shukmron edi. Yahudiylik va xristianlik hamda ularning ayrim sektalari islom paydo bo'lishi arafasida arab qabilalari orasida muayyan darajada tarqalgan edi. V-VI asrlarda arab qabilalari urug'-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar tanazzulga yuz tutgan edi. qabilalar o'rtasida markazlashishga bo'lgan intilishning g'oyaviy in'ikosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalarning kurtaklari shakllana boshlagan. Yakka xudolik to'g'risidagi bunday diniy ta'limot islomdagina emas, balki u paydo bo'lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ'ib qilina boshlagan edi. Islom esa ana shu targ'ibotlarning galdagi shakllanishi va tarkib topishining natijasi sifatida vujudga kelgan. Islomdagi ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik to'g'risida targ'ibot yuritgan, o'zini payg'ambar deb e'lon kilgan shaxslar manbalarda «xaniflar», ya'ni haq-haqiqat izlovchilar nomi bilan ma'lumdir. Islomning paydo bo'lishi arab qabilalari o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichi bilan bog'liq bo'lgan. Islom monoteistik din sifatida. Ya'ni yakka xudoga e'tiqod ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.66 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.66 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga