Islom dini manbalari. Qur'on va hadis

Islom dini manbalari. Qur'on va hadis

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom dini manbalari. Qur'on va hadis - rasmi

Material tavsifi

Islom dini manbalari: Qur'on va hadis Muqaddas Qur'oni karim va uning islom dinidagi o'rni. Har qanday e'tiqod va uning ta'limoti ma'lum bir manbalarga tayanadi. Jahonda keng tarqalgan dinlarning barchasida ham ilohiy so'zlardan iborat deb muqaddaslashtirilgan kitoblar borligini o'tgan darslarimizda aytdik va ko'rib chikdik. Jumladan, xristian dinida «Bibliya», uning tuzumiga kiradigan afsonaviy payg'ambar Iso Masihning hayoti va targ'ibotlaridan iborat deb hisoblanadigan injillar, yahudiy dinida «Bibliya»ning qadimiy axd qismi, xususan uning tizimiga kiradigan xudo Yaxva tomonidan afsonaviy Muso payg'ambarga vahiy qilingan deb hisoblanadigan «Tavrot» hamda uning sharhlari to'plami-«Talmud» buddizm dinida xudo Buddaning ko'rsatmalaridan iborat deb hisoblanadigan «Tripitaka», hinduizm dinida qadimiy brahman dinidan boshlab muqaddas hisoblangan «Vedalar» va ularni sharhlovchi asarlar uppanishadlar ana shunday muqaddaslashtirilgan bebaho yozuvlar to'plamidan hisoblanadi. Islom dinida asosiy diniy kitob hisoblangan «Muqaddas Qur'oni Karim» ham ilohiy so'zlardan iborat deb muqaddaslashtirilgan, uning mazmuni esa osmondan xudo tomonidan yuborilgan ko'rsatmalardan iborat deb ishonish musilmonlar oldiga qo'yilgan asosiy e'tiqod talablaridan biri sifatida ilgari suriladi va shunday ham. «Qur'on» so'zi arabcha «qara'a»-o'qimoq bo'lib (ya'ni qiroat bilan ovoz chiqarib), «o'quv» yoki «o'qish» mazmunini beradi. Qur'on (tekstlari) matnlari katta kitob qilib to'plangandan keyin ham o'zining og'zaki ijodiga xos xususiyatlarini saqlab qolganligini batafsil kuzatish mumkin. Dunyodagi barcha islomshunos (dinshunos) buyuk olimlarning fikriga ko'ra, Qur'on jahon taraqqiyoti va madaniy merosiga buyuk hissasini qo'shib kelmoqda. Qur'on va unga asoslangan islom madaniyati bugungi dunyo madaniyatining eng muhim qismini tashkil etadi. Bu o'zga dinlar muqaddas kitoblari hamda falsafiy aqidalarini inkor etish degan so'z emas, albatta. Jumladan, Tavrot, Injil, Zabur ham Qur'ondan ilgari Olloh tomonidan yuborilgan kitoblar deb hisoblanadi. Ammo din nuqtai nazaridan islom o'zidan oldingi dinlardan farq qilib, o'zga dinlardan so'ng vujudga kelgan «oxirgi» din bo'lganligi uchun uning oldingilariga nisbatan ancha afzal jihatlari va «zamonaviy» tomonlari bo'lishligi tarixiy-taraqqiyot jihatdan tabiiy deb o'ylash joizdir.Bunga ko'p misollar keltirish mumkin. Sog'lom falsafiy nuqtai nazardan: Olloh oliy mavjud, yagona va makonu zamonda cheksizdir. Shu haqiqat Qur'onda ham ta'kidlanadi. Mazkur vujudga oid «Ollohu kur-s-samoviy va-l-'arz» (Olloh ko'klar va yerdagi nurdir» - Nur surasi, 35-oyat) degan oyatga ahamiyat berilsa, bu borliq haqidagi bugungi ilm. (Qur'oni Karim t-1991 319 bet). Ma'lumotga eng muvofik diniy hukmdir. Qur'onning tabiiy ilmlar rivojiga turtki bo'lgani ham to'g'ri. Ya'ni, mavjudotning mohiyatiga oid holatlarni oladigan bo'lsak, Qur'ondagi: «Va min qo'lli shay'in halaqno zavjayn» (har bir narsani juft qilib yaratdik!») Va-z-zoriyot surasi, 49-oyat ) degan hukm ko'plab ilmiy kashfiyotlarga g'oyaviy asos bo'lgan. Qur'onda o'tgan zinatlar haqidagi qissalar tarixi, jug'rofiya, ilmi falak, ilmi tabiat va boshqa sohalarga tegishli oyatlar uchraydi. Qur'on - hidoyat kitobi, ya'ni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.42 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.42 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga