Islom dini tarixi

Islom dini tarixi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom dini tarixi - rasmi

Material tavsifi

Islom Reja Islomgacha Arabistondagi ijtimoiy-siyosiy holat. Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v.) ning tavalludlari. Payg'ambarlikning boshlanishi va Makka davri. Hijrat va Madina davri. Quron. Hadis va sunnat. Islom dini ta'limoti. Diniy amallar kategoriyasi. Diniy bayramlar Islomdagi mazhablar va g'oyaviy-siyosiy oqimlar. Tasavvuf. Tayanch tushunchalar: Johiliya, Butparastlik, Mushaf, al-Vasaniya, Makka va Madina, Hiro g'ori, Vahiy, Ansor, Hijrat, Rasul, Nabiy, mazhab, sunniylik, shialik, xorijiylik, hanafiylik, shofiiylik, molikiylik, xanbaliylik, aqida, tasavvuf. Hozirgi Saudiya Arabistoni hududining G'arbiy qismi Hijoz deb ataladi. Qadimdan Hijozning asosiy markazi Suriya va Yaman savdo yo'llarini bir-biri bilan bog'lab turuvchi shahar Makka bo'lib kelgan. Bu yerni ham diniy, ham iqtisodiy markaz sifatida shakllanishida Kaba (Baytulloh - Allohning uyi) katta ahamiyat kasb etgan. Mintaqada istiqomat qiluvchi arablar Ibrohim (a.s.) dini ta'limotiga e'tiqod qilganlar. Ular o'zlarini haniflar (arabcha, to'g'ri yo'l) deb ataganlar. Yillar o'tishi bilan makkaliklar yakkaxudolik ta'limotini unutishib, yulduz va farishta hamda turli sanamlarga sig'ina boshlaganlar. Farishtalar Xudoning qizlari sifatida etirof etilgan. Ayni shu jarayon islom tarixida johiliya davri deb ataladi. Makkada Hubal bosh iloh hisoblangan. Shuningdek, Manot, Lot, Uzzo kabi ilohlarga ham sig'inilgan. Makkaga keluvchi ziyoratchilar shakllangan diniy urf-odatlarni ko'r-ko'rona qabul qilishlari natijasida turli joylarga butlar o'rnatilgan. Turli qabilalar o'z obro'-etiborini boshqalarga ko'rsatish maqsadida Kabaga but o'rnata boshlaganlar. Natijada, Kaba ichidagi butlar soni 360 taga etgan. Bundan tashqari zodagon arablar o'z xonadonlarida butlar uchun alohida xona va xizmatchilar ajratib, ular nomiga atab turli xil marosimlar o'tkazishni joriy qila boshladilar. Johiliyat davri arablari butlarni shafoatchi deb bilib, ular oldida hokisorlik bilan turar, qurbonliklar qilar va ular sharafiga qasidalar to'qib, iltijo qilar edilar. Tijorat va ekinzorlardan olingan malum daromaddan butlarga ajratilar, oilada qiz farzand tug'ilsa, tirikligicha ko'milar edi. Johiliyat davrida Arabiston Yarim orolida yahudiylarning ham kichik jamoalari mavjud edi. Bu din mazkur mintaqaga ikki bosqichda kirib kelgan. Birinchi bosqich, miloddan avval 587 yilda Buxtunnasr qo'shini yahudiylar ustiga bostirib, ularni taqib ostiga olishi natijasida o'z yurtlarini tashlab Madinaga ko'chishgan. Ikkinchi marotaba esa, milodiy 70 yilda rimliklarni Falastinga bostirib kirishi natijasida yahudiy qabilalar Madina, Xaybar, Tayma kabi shaharlarga kelib joylashishgan. Yahudiylik milliy din bo'lgani bois arablar orasida tarqalmagan. Arabiston yarim oroliga Habashiston va Rim bosqini orqali xristianlik ham kirib kelgan. Manbalarda qayd etilishicha, Habashiston shohi Abraha Kaba ziyoratchilaridan tushayotgan daromadni Yamanga burish va xristian diniga e'tiqod qiluvchilar sonini orttirish maqsadida Yamoniy nomli katta cherkov qurdirgan. Turli tazyiqlar natijasida G'asson, Tag'lib, Toy va bir qancha boshqa qabilalar nasroniylikni qabul qilgan. Yuqoridagi dinlar bilan bir qatorda, otashparastlik ta'limotiga e'tiqod qiluvchi arablar ham mavjud bo'lgan. Lekin ular Fors davlatiga chegaradosh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.74 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.74 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga