Islom dini, ta'limoti va yo'nalishlari

Islom dini, ta'limoti va yo'nalishlari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom dini, ta'limoti va yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu. «Islom dini, ta'limoti va islomdagi yo'nalishlar» Reja: 1. Islom dini haqida 2. Muhammad payg'ambar hayoti 3. Islomning Makka davri 4. Islomning Madina davri 5. Islom ta'limoti 6. Islomdagi yo'nalishlar 7. Sunniylikdagi mazhablar 8. Shialikdagi sekta va mazhablar Islom dini dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri bo'lib, Osiyo qitasidagi Eron, Pokiston, Afg'oniston, Turkiya kabi ko'plab mamlakatlar, Arabiston Yarim Oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika qitasidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining malum bir qismi, Yevropaqitasida esa, Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo'lagi islom diniga e'tiqod qiladi. Shuningdek, islom dini Markaziy Osiyo, Zakavkaze, va Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi, G'arbiy Sibir va boshqa ayrim joylarda yashovchi aholining bir qismining ongi va turmushida mavjud bo'lib, bu xalqlar turmush-tarziga o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Yer yuzida islom diniga e'tiqod qiluvchilar, yani musulmonlar so'nggi davrlarda keskin rivojlanishi natijasida hozirgi kunda qariyb ikki milliardga yaqinlashdi va son jihatidan xristianlikdan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. Arabiston yarim orolida islomning vujudga kelishi arafasida yahudiylik, xristianlik, hattoki zardushtiylik va monizm ta'limotlari bu mintaqalarda keng tarqalgani haqida yozma ma'lumotlar mavjud. Mazkur dinlarga e'tiqod qiluvchi qabilalar bilan arab qabilalarining aloqalari mavjud bo'lib, bir-birlariga ta'siri sezilarli darajada bo'lgan. Jumladan, mehnat faoliyatida, savdo-sotiq ishlarida, hattoki urf-odat, turmush tarzi, ma'naviyatining rivojlanishida o'z ifodasini topgan. Arablarning islomdan oldingi ma'naviyati ularning yashash sharoiti, mehnat faoliyati, ruhiyati, dunyoqarashining shakllanishi esa mavjud poleteistik (ko'pxudolik) dinlari ta'sirida bo'lgan. Shu narsa ayonki, yaxudiylik va xristianlikda politeizmdan monoteizmga o'tish islomdan oldin vujudga kelgan. Islomda esa bu jarayon VI asrning va VII asrning boshlarida qaror topdi. Islom va boshqa jahon dinlarining poloteizmdan monoteizmga o'tish tarixi bu jarayonning muayyan evolyutsiyasi davri o'tishi natijasida yuzaga kelishini ko'rsatadi. Arab xalqlarining ma'naviyati o'sha davrdagi turmush tarzi, diniy e'tiqodlari doirasida shakllangan va rivojlangan. Islom dinining vujudga kelishi bilan ularning ma'naviyati, hayot tarzi va qarashlarida sekin-asta tub o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib kelgan. Bir so'z bilan aytganda, islom dini Arabiston yarim orolidagi vaziyatni etiborga olib islomdan oldingi davrni Johiliya davri deb atadi. Bu so'z arab tilida Johillik, Bilmaslik, Nodonlik manolarini anglatadi. Chunki bu davrda arablar orasida al-vasaniyya - yani ko'pxudolik hukm surib, ular yakkaxudolikdan bexabar edilar. Bundan tashqari xalq orasida qizlarini tiriklayin ko'mish, mayxo'rlik va boshqa bir qator axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan bo'lib, islom dini bunday odatlarga chek qo'ydi. Arablar orasida ko'pxudolik shu darajada avj olgan ediki, xatto har bir qabila va har bir oilaning o'z xudosi bo'lgan. Shuning uchun ham islomdan oldin Kabani ichida 360 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 689.39 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 689.39 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga