Islom dinida go'zal xulqlar va vafo. Axloq ـ ijtimoiy hodisa. U insonlar o'rtasidagi munosabatlar mahsuli. Jamiyatda yolg'iz bir insonning axloqli bo'lishi etarli emas, zero axloq kishilar o'rtasidagi munosabatlarning eng muhimi, eng e'tiborlisidir. Islom dini ta'limotiga ko'ra jannatga kirish go'zal axloqli kishilarga nasib etadi. Har bir inson go'zal axloqlarni bilishi, o'rganishi, odatga aylantirishi, amaliyotga tadbiq etishi, hayotining har lahzasi, har sohasida amal qilishi kerak. Qur'oni Karimda ham odamlar go'zal, yaxshi, ezgu amallar qilishga buyuriladi. Solih amallar kishilarga faqat naf keltiradi. YAxshi amallar deyilganda ilm o'rganish, namoz, zakot, ro'za kabi farz amallarni ado etish, qodir bo'lsa hajga borish, omonatga xiyonat qilmaslik, yolg'on so'zlamaslik va xayrli ishlar qilish tushuniladi. Go'zal va xayrli ishlar bilan bir qatorda inson yomon xulqlarni ham bilishi va ulardan saqlanishi lozim. Islom dinining maqsadi ham yomon axloqdan holi, yaxshi huqli insonni shakllantirishdir. Inson o'zida ijobiy fazilatlarni shakllantirib borishi uchun eng avvalo o'z nafsini poklashi lozim. Qur'oni Karoimda: «Qad aflaha man zakko (ءلى اץ : 14 oyat) - Darhaqiqat, kufru isyondan pok bo'lgan kishi najot topadi», va yana: «Qad aflaha man zakkoho. Va qad xoba man dassoha (SHams: 9-10 ) - Darhaqiqat, uni (ya'ni, o'z nafsini ـ jonini imon va taqvo bilan) poklagan kishi najot topadi. Va u (jonni fisq - fujur bilan) ko'mib xorlagan kimsa nomurod bo'ladi», - deyiladi. Imom G'azzoliy aytganidek, agar inson nafsining yomon jihatlaridan himoyalanmagan bo'lsa, unga egallagan ilmidan naf bo'lmaydi. Nafsini isloh qilolmagan kimsa dunyo va oxiratda afsus chekib, zalolatga qoladi. Ziyon va muvaffaqiyatsizlikka uchrab, imkoniyatini boy beradi. Musulmon kishi uchun eng asosiy narsa - Allohdan qo'rqish, taqvo va xush axloqli bo'lishdir. Axloq - odobli insonning ishlari yurishadi, odamlar bilan munosabatlari yaxshi yo'lga qo'yiladi, atrofdagilarga foydasi tegadi, o'zi va o'zgalar baxtli yashashlariga sababchi bo'ladi. Axloqini isloh qilib, yaxshi ishlarga odatlanmagan inson o'zining va boshqalar xafagarchiligiga, jamiyat osoyishtaligining buzilishiga sababchi bo'lib, notinchlik va kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Go'zal axloq - odillik, adolatlilikdir. Jamiyat munosabatlarining hamma jabhasida adolat bilan ish yuritish odatiy holga aylanishi lozim. YAxshi xulqlar qatoriga yana sabr va sabot ham kiradi. Sabr - qanoatning nima ekanligini talabalar timsolida ko'rish mumkin. Masalan, sessiya yaqinlashib kelayapti, imtihon va yakuniy nazoratlarga puxta tayyorgarlak ko'rish kerak. Lekin atrofda yosh - yalanglar sayr - tomosha bilan, kimlardir futbol va boshqa o'yinlar bilan band. Talabaning ham ular qatorida bo'lgisi keladi, ammo u sabr bilan dars tayyorlashi kerak. Dars mashaqqat, ilm egallash qiyin. Lekin u muvaffaqqiyatlar garovi. Kelgusida yetuk inson bo'lish uchun zarur. Har qanday jangu jadalda ham sabr - qanoat kerakdir. ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.64 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.64 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: docx