Islom dinidagi mazhablar va yo'nalishlar

Islom dinidagi mazhablar va yo'nalishlar

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom dinidagi mazhablar va yo'nalishlar - rasmi

Material tavsifi

Mustaqil ish Islom dinidagi mazhablar va yo'nalishlar Islomning lug'aviy ma'nosi buyuruvchining farmoni va taqiqiga e'tirozsiz bo'ysunish hamda uni buyurilganidek bajarish. Islomning istilohiy ma'nosi Olloh tarafidan yuborilgan barcha payg'ambarlar insonlarga Islom dinidan ta'lim berganlar. Olloh taologa, uning sifatlariga oxirat kuniga payg'ambar yo'llagandek ishonish, kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlashtirib bergan to'g'ri yo'ldan borish, Yaratganni yagona bilib, undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir. Islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. Islom Qur'on va hadislarni turlicha talqin qilish, islom tarixida g'oyaviy-siyosiy, ijitmoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan.Islomdagi asosiy yo'nalishlar - sunniylik, shialik, xorijiylar. Bulardan sunniylik va shialik hozir mavjud, lekin xorijiylar o'rta asrlardayoq ko'p firqalarga bo'linib ketgan, keyinchalik yo'qolib ketgan, undan faqat bitta - ibodiylar (abodiylar) firqasi ajralib va hozirda ham saqlanib qolgan taxminlar mavjud. Islomdagi mazhablar quyidagi ajraluvga duch kelgan: Islom fiqhi asoslari va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart: 1. Qur'oni Karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo'lsa, avvalo Qur'onga murojaat qiladi. Und anima hukm bo'lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi. 2. Sunnat Muhammad (s.a.v) qilgan ishlari va aytgan so'zlari. Hadislarga asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir. 3. Ijmo bir davrning ijtihod(diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga yetgan ulamolarning yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir. 4. Qiyos-ya'ni, hukmi vorid bo'lmagan masalani Qur'on va hadisda shunga o'xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish. 1. Hanafiyalikdagi mashhur kitoblar: Muhammad bin al-Xasan ash-Shayboniyning (vafoti 805-yil) Kutub Zaxirurivoya nomli kitobi. Keyinroq uning muhim qismlarini Abul Fodi al-Marvazi Al-Kofiy asarida yanada tartibga soldi. Unga Shamsuddin as-Saraxsi (vafoti 1090-yil) Al-Mabsut nomli sharh yozdi. 2. Molikiylikda Molik ibn Anasning Al-Muvatta (Ommaviy ya'ni Barchaga tushunarli) kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning (vafoti 854-yil) Al-Mudavvana al-Kubro asarida alohida o'rin tutadi. 3. Shofe'iylikda Al-Umm kitobi asosiy manbadir. 4. Hanbalikda Ahmad ibn Hanbalning Al-Musnad asari bosh manba sifatida qaraladi. Hanafiylik, No'mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o'ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fiqh paydo bo'lishining ilk davriyoq, ikki yo'nalik maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo'lib, u yana mustaqil fikr yuritish tarafdorlari(ashob-ar-ra'y), ikkinchi Madina maktabi esa hadis tarafdorlari(ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq maktablar o'z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo'lib qolgan huquqiy an'analar bilan belgilanadi. Ashob ar-ra'yning yorqin vakili, hanafiylik mazhabi asoschisi Imom A'zam Abu Hanifa (r.a) hisoblanadi. Hanafiya Islomdagi eng ko'p tarqalgan mazhabdir. Uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 101.61 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 101.61 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga