Islom dinining jahondagi o'rni

Islom dinining jahondagi o'rni

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom dinining jahondagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

Islom dinining jahondagi o'rni Reja: 1. Islom diniga dunyo xalqlarining e'tiqodi. 2. Jahon dinlari va Islom dini Islom dini nasorolik va buddiy din bilan bir qatorda dunyoda eng ko'p tarqalgan dinlardan biridir. Hozir yer yuzida musulmonlar, bir milliard 400 milion kishidan iborat. Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 % ga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziyada (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eronda (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 % ni tashkil etadilar. Nasorolar esa ikki miliard 200 mln. Demak, Islom dunyoda ikkinchi o'rinda turadigan yirik dindir. Jahonning 172 mamlakatida musulmonlar. Xorijiy Osiyo mamlakatlarida 150 mln. musulmon bo'lib, bu yer yuzidagi musulmonlarning 67,7% ni tashkil etadi. Shulardan 26,8 % g'arbiy Osiyoda, 46,3 % Janubiy-Osiyoda, 27,2 % Janubiy-g'arbiy Osiyoda, 2,7 % Sharqiy Osiyoda yashaydi. Musulmonlarning eng ko'pi Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladeshda yashaydi. Musulmonlar Yevropadavlatlari, Amerika qit'asida, Yaponiyada, Avstraliya va Fiji orollarida ham yashaydi. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida Islom davlat dini deb qabul qilingan. 1880 yilda dunyo alosining 13,7 foizi musulmonlar edi 20-asrning 80-yillariga kelib bu ko'rsatkich 16,9 foizga, mingyillikning oxiriga esa, taxminan,21 foizga yetdi. Boshqa dinlarga mansub aholining o'sish darajasi barqarorligicha tutibdi ba ajablanarlisi shundaki, 1970 yildan boshlab dunyodagi dahriylar miqdoribir oz kamaya boshladi. Bu raqamlar muhim ahamiyatga ega. Bir asr davomida dunyo musulmonlarining soni keskin oshib ketdi. Ko'pchilikning Islom diniga o'tgani ham bunga sabab bo'ldi, biroq eng asosiy sabab - tabiiy o'sishdir. Boz ustiga musulmon dunyosidagi bunday demografik portlash bu dinga e'tiqod qiluvchilar soni relgusida ham o'sib borishini ko'rsatadi. Tamaddunlar to'qnashuvi nomli mashhur risolasida dunyoda xristianlarning soni kamayib borayotgani va 2025-yilga borib, ular dunyo aholisining, taxminan, 25 foizini tashkil etishi haqidagi ma'lumotni keltirgan. O'sha vaqtga borib musulmonlarning soni dunyo aholisining 30 foizini tashkil etar ekan. Shu o'rinda Hantington tilga olgan yana bir misolga e'tibor qilaylik. Mag'ribda 1965 yildan 1990 yilgacha aholi soni 29,8 milliondan 59 millionga o'sgan. O'sha vaqt mobaynida Misr aholisi 29,4 milliondan 54,4 millionga ko'paygan. O'rta Osiyoda 1970 - 1993 yillar oralig'ida aholining yillik o'sishi Tojikistonda 2,9 foiz, O'zbekistonda 2,6 foiz, Turkmanistonda 2,5 foiz va Qirg'izistonda 1,9 foiz bo'lgan. XX asrning 70-yillarida Sovet Ittifoqida demografik muvozanat keskin o'zgarib ketdi, yani ruslarning o'sishi 6,5 foiz, musulmonlarniki esa 24 foiz bo'lgan. Hatto Rossiyaning o'zida ham musulmonlar (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar shuningdek,O'rta Osiyo va Kavkazdan borib u yerda yashovchilar) ancha ko'zga tashlanib qolgan, ular Moskva va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.55 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.55 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga