Islom dinininng Movarounnahrga kirib kelishi Reja: 1. Islom dini kirib kelguniga qadar O'rta Osiyodagi vaziyat. 1. Islom dinining O'rta Osiyoga kirib kelishi va yoyilishi. 2. O'rta Osiyoda Islom dinining o'rni va unga munosabat. Kishilik jamiyati rivojlanishi nihoyatda murakkab va ziddiyatli, unga turli ichki va tashqi, moddiy, iqtisodiy va g'oyaviy-mafkuraviy omillar ta'sir qiladi. Ma'naviyat tarixi va qonuniyatlarini o'rganishni o'rta asrlar bilan cheklab bo'lmaydi. O'rta asrlardan keyin esa renessans (G'arb uyg'onish davri) va ayniqsa ma'rifatparvarlikdan boshlab diniy-falsafiy omillar ma'naviyat rivojlanishida belgilovchi mavqeini yo'qotadi. Sharq xalqlari ma'naviyatida bu hol bir oz keyinroq va boshqacharoq sodir bo'ladi. Hozirgi zamonda jahonning deyarli barcha xalqlari ma'naviyati ko'proq dunyoviylik negizida rivojlanmoqda, garchi dinlarning ta'siri juda kuchli bo'lsada, shu sababdan ma'naviyatning umumtarixiy rivojlanish bosqichlarini aniqlashda bir tamoyilga emas, birdaniga ikki-uch tamoyilga suyangan ma'qulroq. Masalan, diniy-falsafiy, ijtimoiy, tarixiy, nazariy kulturologik tamoyillar asosida kompleks yondashish samarali bo'ladi. XX va XXI asrlar tutashi davrida hatto ijtimoiy-siyosiy tamoyillar ham me'zon sifatida olinishi mumkin. Zero bu davrda aparteid, irqchilik, milliy zulm va notenglikning har qanday ko'rinishlariga barham berish kabi talablar, inson huquqlari, erkinliklari, demokratik qadriyatlar, global muammolarni hal qilish zarurati butun insoniyatning dunyoqarashi, siyosiy madaniyati va umuman ma'naviyatini o'zgartiryapti. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o'zbek xalqi ma'naviyati shakllanishi va rivojlanishi tarixiy bosqichlarini quyidagicha tasavvur etish mumkin: - Eng qadimgi davr (arxeik) va ilk zardushtiylik bosqichi. - Islomgacha bo'lgan diniy-mafkuraviy plyuralizm bosqichi. - Islom tamadduning gullab yashnashi va temuriylar davrida qayta uyg'onish bosqichi. - An'anaviylikning qaror topishi va ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy tanazzul bosqichi. - Mustamlakachilik davri madaniyati. - Istiqlol davri madaniyati. Demak, O'rta Osiyoda Islom dini kirib kelgnunga qadar ma'naviyat shakllanishi va rivojlanishiga tarixiy bosqichlarini 2 ta, ya'ni, eng qadimgi davr va ilk zardushtiylik bosqichi va islomgacha bo'lgan diniy-mafkuraviy plyuralizm bosqichi. Birinchi bosqich ma'naviyati neolit, ya'ni, Yangi tosh asri oxiridan to Yunon istilosigacha bo'lgan davrga to'gri keladi. Bu bosqich ma'naviyati haqida tasavvurlarimiz unchalik chuqur va yaxlit emas. Bu tosh asrida yashagan ajdodlarimizning qarashlari, e'tiqodlari, olamga munosabati, turmush tarzi to'g'risida qoyalardagi suratlar, turkiy xalqlar og'zaki ijodida saqlanib qolgan arxaik unsurlar, qoldilar, o'g'iznoma, asotirlar, hamda arxeologik qazuvlarda topilgan moddiy-siyosiy va e'tiqod ibodatga oid ashyoviy dalillar orqali bilamiz. Ta'kidlash lozimki, bu davrda dastlab narsalarga va sanamlarga sig'inish (fetishizm) s'ngra turli hodisa va ruhlarga sig'inish (animizm - tabiatni jonlantirish), so'ngra tangri, Ko'k, Axuramazda kabi bosh xudo, ezgulik va hayot timsollariga ularning turli ko'rinishlariga - g'ayritabiiy kuchlar, ma'budalarga sig'inish qaror topgan. Mis va bronza asridan bizgacha umumturk asotirlari va O'g'izxon haqidagi asotirlar, «Avesto»ning eng qadim qismida aks etgan asotirlar («Alpomish») hamda Shiroq ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
327 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
327 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: doc