Islom ma'rifatchiligi va ratsionalistik tafakkur rivoji Tarix fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 3-bosqich talabasi Qosimov Sarvar Mantiqiy tafakkur ehtiyoji. Alloh taolo Quroni karim orqali marhamat etgan mukammal Tavhid ta'limotini ahli bashar tomonidan anglab etishning ilk pog'onasi bo'lmish Sunna bosqichi o'zining inkor etib bo'lmaydigan fazilat va yutuqlariga ega ekanligi oldingi bobda qayd etib o'tildi. Bu bosqichda islom ma'naviyatining poydevori hisoblanuvchi shariat ahkomlari va islom axloqi shakllandi. Tavhid ta'limotining ilk talqini bo'lmish ushbu qadriyatlar tizimi umummintaqa ma'naviyatining takomilida naqadar muhim bo'lganligi har qanday shubhadan holidir. Bu bosqich qadriyatlarini biroz bo'lsa-da inobatga olmaslik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ham tarix tajribasida necha bor sinalgan haqiqat. Ammo Tavhid ta'limotini butun borlig'i, mohiyati bilan anglab olish uchun bo'lgan harakat bu bosqichda to'xtab qolgani yo'q. Islom mintaqa ma'naviyatining takomil tarixi yana bir qator bosqichlarni bosib o'tdi. IX asrdan boshlab ushbu manoda yangi yo'nalishlar bo'y ko'rsata boshladi va keyingi asrlarda ular yetakchi mavqega ko'tarildi. Islom ma'rifatchiligi bosqichi milliy ma'naviyatimizning Islom mintaqa madaniyati doirasidagi takomilining ikkinchi bosqichi va yetakchi tamoyillaridan biri, X-XI asrlarda o'zining eng yuksak takomilini namoyon qilgan va Tavhid Haqiqatini mantiqiy tafakkur darajasida anglab etishga erishilgan bu tamoyilni Ilm ma'rifati deb ta'riflash joizdir. Islom ma'rifatchiligi - insoniyat anglab etgan barcha mavjud bilimlar mohiyatan Tavhid e'tiqodiga muvofiq ekanligini ilm va mantiqiy tahlil vositasida isbot qilishga qaratilgan turli yo'nalishdagi qomusiy allomalar guruhining umumiy faoliyatini anglatadi. Borliq haqiqatini anglab etishning turli yo'nalishlari. Xullas, ikkinchi bosqichda aqlga, mantiqiy tafakkurga tayanish natijasida haqiqatni anglab etishning turli muvoziy (parallel) yo'nalishlari shakllana boshladi. Sunna doirasidagi mazhablarga qaraganda endi bu davrda shakllangan fikriy oqim va yo'nalishlarning o'zaro farqi ancha-muncha sezilarli tus olgan va o'zaro munozara ham kuchaygan edi. Bu davrning katta-kichik oqimlari nihoyatda ko'p bo'lganligi sababli biz faqat eng muhimlarigagina to'xtalib o'tamiz. Ularni tanlashda o'z bilgimizcha ish ko'rmaslik uchun ushbu davrning eng nufuzli namoyandalaridan bo'lmish Imom Abu Hamid G'azzoliy (1058-11) hamda mutafakkir shoir va olim Umar Xayyom (1048-1122) sanab o'tgan yo'nalishlarning o'ziga diqqat qaratsak, kifoya qilsa kerak. Chunki bu davr islom mintaqasining tafakkur olamini qamrab olish uchun o'nlab emas, balki yuzlab jildlar bitish kerak bo'ladi va bu gaplar aslo mubolag'a emas. Eng ajoyibi shuki, davrning eng muhim yo'nalishlarini ajratib olishda buyuk mutakallim G'azzoliy va buyuk faylasuf va tabiiyunchi (tabiiy fanlarni o'rganuvchi) Umar Xayyom mutlaqo bir xil xulosaga kelganlar. Demak, bu xulosa ko'p jihatdan o'sha davrda mavjud haqiqatni aks ettirgan, deyish mumkin. Kalom (ilmi) - Naqliy va aqliy bilimlar uyg'unligiga tayangan xos islom falsafasi va ilohiyot ilmi. Kalom ilmining dastlabki yirik ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
582.91 KB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
582.91 KB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: pptx