Islom shariati manbalari

Islom shariati manbalari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom shariati manbalari - rasmi

Material tavsifi

Islom shariati manbalari Reja: 1. Sha'riy hukumlar olinadigan manbalar 2. Qur'oni Karim - islom dinining bosh manbasi 3. Sunnat, uning ta'rifi 4. Ijmo' va uning ta'rifi. 5. Qiyos ta'rifi. Olimlarning isbotlaricha, inson qilmishlarining hukmi asosan to'rrta sha'riy manbadan chiqariladi. Ular Qur'on, sunnat, ijmo' (ittifoq) hamda qiyosdir. Ushbu to'rt manbaning hujjat ekanligiga hamda darajalari ham shu tartibga ko'ra ekanligiga hama olimlar fikr bildirishgan. Bular usulul ahkom, ya'ni hukmlarning asli, asosi deb ham aytiladi. Masalan, mujtahiddan biror ishning sha'riy hukmini so'ralsa, u avval Qur'oni Karimdan javob axtaradi, topsa, unga binoan hukm qiladi. Agar topmasa, undan so'ng sunnati nabaviyyaga murojaat qiladi, javobi topilmasa, demak, sunnatga suyanib hukm chiqaradi. Agar undan ham topilmasa, so'ralgan ish hukmiga Payg'ambar alayhissalom vafotidan so'ng mujtahidlar aynan o'sha so'ralgan ish yuzasidan yakdil fikrga kelgan bo'lsalar, o'sha javob bilan hukm chiqaradi. (Rasullohning hayotliklarida ijmo' bo'lmaydi, chunki u zot har bir savolga o'zlari javob beradilar). Agar bunday ijmo' bo'lmagan bo'lsa, mujtahid u ishning sha'riy hukmini chiqarish uchun qiyos yo'li ila mazkur ishga o'xshash ishlar yuzasidan shariatga berilgan javoblarda ilmiy asosda yondashib, har tomonlama mulohaza qilib taqqoslab, o'zining bor ilmini sarflab javob topadi. Mazkur to'rtta asosiy manbaning haqqoniyligiga hamda shu tartibda kelishiga Qur'oni Karimning Niso surasi, 59-oyati dalil bo'ladi. Mazkur oyati karimda «Allohga itoat qiling»dan Qur'onga ergashish tushunilishi lozim. Rasulga itoat qilinglar, deyilganida ulomalarga ergashish anglashiladi. Ammo bir fikrga kelisha olmagan masalani ollohga va rasuliga qaytarish - olloh va uning rasuliga aytgan hukmlarga solishtirish, ya'ni, qiyos qilish demakdi. Hukm chiqarishda mazkur tartibga, ya'ni avval Qur'on, keyin sunnat, so'ng ijmo va undan keyin qiyos kelishiga yana bir dalil janobi Rasulloh (s.a.v)ning Muoz ibn Jabalni, Yaman musulmonlariga ta'lim bermoq uchun yuborayotgan vaqtlaridagi ko'rsatmalaridir. Yuqorida sanalgan to'rtta manbaadan tashqari bir qancha manbaalar ham mavjud. Ammo bu manbalarni ba'zi olimlar manba bo'ladi desalar ba'zilari bo'lolmaydi deydilar. Bularning eng mashxurlari - al istixson, al-maslahatul mursalax, al-istixsob, al-urf, mazhabus-sahobiy va sha'ru man qoblana. Ilm - ul fiqh huquqshunoslik to'g'risidagi fan bo'lib Islom huquqini turli sohalarini o'rganadi. Fiqh fani o'ziga xos fan bo'lib, u birinchi navbatda din masalalarini o'z ichiga oladi. Lug'atda «al-fiqh» so'zi «aql ila anglamoq, tushunmoq» ma'nolarini beradi. Istilohda esa u «islom huquqi»ni anglatadi. Fiqh fani - G'arbda Islamic Law, Muslim Law (ingliz tilida), le Droit musulman (fransuz tilida), islamische Gesetz (nemis tilida) kabi nomlar bilan yuritiladi. Dunyoviy huquq normalaridan farqli o'laroq fiqh o'z ichiga ko'proq ibodat masalalarini ham qamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat masalalarini jamlab olgan Talmudga qiyoslash mumkin. Shuningdek, fiqh fuqaroviy jamiyatdagi kishilar o'rtasidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga