Islom ta'limoti

Islom ta'limoti

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom ta'limoti - rasmi

Material tavsifi

ISLOM TA'LIMOTI REJA: 1.Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari va Kalom falsafasi. 2.Tasavvuf (sufizm) ta'limoti va tariqatlari. 3.O'zbekiston allomalarining islom ta'limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari. Tayanch tushunchalar: Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari. Islom falsafasi olam va odamning yaratilishi, inson hayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi to'g'risida. Kalom falsafasi. Imom Moturidiy ta'limoti. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari. Abu Homid G'azzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta'limotlari. Tasavvuf (sufizm) ta'limoti va tariqatlari. O'zbekiston allomalarining islom ta'limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari. 6.1.Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari va Kalom falsafasi. Aqida (arab tilida aqd - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog'lash, bir-biriga bog'lash ma'nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) - balog'atga yetgan kishi e'tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog'lab olib undan ajralishi mumkin bo'lmagan shar'iy e'tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog'liq. Agar aqidasi pok bo'lsa, yo'li to'g'ri bo'ladi, qilgan barcha amallari qabul bo'ladi va bandalik bilan sodir etgan ba'zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo'lmasa, buzuq bo'lsa, yo'li noto'g'ri bo'ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo'ladi. Aqida masalasi o'ta muhim bo'lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg'ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o'zi ko'rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo'lib kelgan. Islom aqidalarining asosi Qur'onda berilgan, hadislardagi ko'rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo'nalishi ilohiyotda e'tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta: 1 - Allohning yagonaligiga ishonish; 2 - Farishtalarga ishonish; 3 - Muqaddas kitoblarga ishonish; 4 - Payg'ambarlarga ishonish; 5 - Oxiratga ishonish; 6 - Taqdirga ishonish; 7 - Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish. Shialik yo'nalishi ilohiyotida 5 ta aqida tan olinadi: 1 - Tavhid (Allohning yagonaligiga) ishonish; 2 - Nubuvvat (Payg'ambarga) ishonish; 3 - Adl (ilohiy taqdirning adolatligiga) ishonish; 4 - Imomat (Imomlar hokimiyatini tanish) ishonish; 5 - Maod (Oxiratga) ishonish; Ash'ariylar - kalomning asosiy yo'nalishlaridan biri - Ash'ariy maktabi tarafdorlari. Boqiloniy (1013 y. v.e.), ibn Furq (1015 y. v.e.), Abu Ishoq Isfaro'iniy (1027 y. v.e.), Abdul Qohir Bog'dodiy (1037 y. v.e.), Juvayniy (1085 y. v.e.), Shahristoniy (1153 y. v.e.), Faxriddin Roziy (1209 y. v.e.) taniqli vakillaridir. Ash'ariy - Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873-935) mashhur ilohiyotchi, kalomning Ash'ariylar maktabi asoschisi. Basrada tug'ilgan. Ash'ariy mu'taziliylarga qarshi diniy-falsafiy tizimni asoslash uchun Qur'on va Hadislarga qo'shimcha qilib falsafa va mantiq ilmidan kengroq foydalangan. Ash'ariy 100 ga yaqin asar yozgan bo'lib, ulardan eng mashhuri Maqolat al-islomiyin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.66 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.66 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga