Islom va ma'naviyat. Tasavvuf va uning ma'naviy jihatlari Islom dini ko'p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e'tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi. «Islom» so'zi arabcha bo'lib «xudoga o'zini topshirish», «Itoat», «Bo'ysunish» manosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko'pchilik shakli «Muslimun» bo'lib, o'zbeklarda «Musulmon», qirg'iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi. Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg'ambar Muhammad (570-632) Makqada quraysh qabilasiga mansub bo'lgan Xoshimiylar xonadonida tug'ilgan. U 609-610 yillarda Makqada yakka xudoga e'tiqod qilish to'g'risida targ'ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622 yilda o'z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko'chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi. 630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo'liga o'tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vafotidan keyin bu davlatni uning o'rinbosarlari, yani noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O'rta Osiyo yerlari - Movarounnahr (daryo ortidagi yerlar) VII asr boshlaridan VII asr o'rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati o'ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi. Islom diniy ta'limotining asoslari - Quron va hadis to'plamlarida, shuningdek, VII-XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o'z ifodasini topgan. Quroni Karim ilohiy kitob bo'lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammadga nozil etilgan. Bu muqaddas kitob Yer yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbaidir. Quroni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash xalifa Abu Bakr davrida boshlanib xalifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va to'rt nusxada ko'chirilgan. Ana shu ko'chirilgan dastlabki nusxalardan biri Movarounnahr musulmonlari diniy idorasida saqlab kelingan, hozirda esa buyuk bobokalonimiz nomi bilan bog'liq Toshkentdagi Temuriylar davri muzeyida saqlanmoqda. Bunday muqaddas kitobning yurtimizda bo'lishi Ollohning bizning yurtimizga bo'lgan inoyati deb bilmoq lozim. Quroni Karimda 114 sura, 6236 ta oyat bor. Mustaqillik sharofati bilan turli marosimlarimiz Quroni Karim qiroatlaridan boshlanmoqda. Bu o'tmishda bir orzu edi, xolos. Ilohiyotda Islom dini uch elementdan - iymon, Islom, ehsondan iborat deb etirof etilgan. Iymon talablari 7ta aqidani - ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg'ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o'lgandan keyin tirilishga ishonish talablarini o'z ichiga oladi. Islom talablariga, yani din asoslari - arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular - kalima keltirish, namoz o'qish, ro'za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.54 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.54 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: doc