Islom. Islom dinining asosiy manbalari. Reja: Islom dinining paydo bo'lishi va ta'limoti. Islom dinidagi yo'nalishlar, oqimlar va mazhablar. Qur'onning tarkibi va jamlanishi. Qur'on va hadis-Islomning asosiy manbalari. Mashhur muhaddislar. Islom dinining paydo bo'lishi. Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir, e'tiqod qiluvchilar soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Yil sayin bu dinga e'tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistoni) paydo bo'ldi. Bu orol arab tilida Jazirat al-Arab, ya'ni arablarning yarim oroli degan ma'noni anglatadi. Turkiy xalqlar va eronliklar Arabiston deb ataydilar. Islom so'zi quyidagi ma'nolarni anglatadi: Itoat va bo'ysunish. Ixlos va turli ofatlardan salomat bo'lish. Sulh va omonlik. Islom-Alloh yagona degan e'tiqod bilan unga bo'ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e'tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg'ambarlarga ergashgan kishi musulmon (muslim-sadoqatli) deyiladi. Islomning paydo bo'lishi VI asr oxiri-VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan bevosita bog'liqdir. Xo'sh, bu ijtimoiy-iqtisodiy ahvol nimalarda o'z ifodasini topgan edi?Avvalo, arablarning katta-kichik qabila va urug'larga bo'linib ketganligida. Bunday bo'linish-ular o'rtasidagi doimiy o'zaro urushlarning asosiy omiliga aylangan edi. Bu urushlar faqatgina vayronalik keltirmoqda edi, xolos. Ikkinchidan, qo'shni davlatlar - Vizantiya imperiyasi, Sosoniy Eroni va Habashiston Arabiston yarim orolida siyosiy birlikning yo'qligidan foydalanib, doimiy ravishda bu o'lkaga hujum qilardilar, arablarni asoratga solardilar. Shunday qilib, VII asrda arablar yagona davlat barpo etishini davr ham taqozo etmoqda edi. Siyosiy jihatdan birlashish, ya'ni yagona Arab davlatini vujudga keltirish-xalqning kuchini tashqi bosqinchilarga qarshi kurash uchun birlashtirish hamda o'zaro ichki urushlarga barham berish vazifasini hal etish lozim edi. Bunday siyosiy birlashuv u davrda faqatgina yakka xudolik dini orqaligina, yagona xudo shiori istidagina amalga oshirilishi mumkin edi, xolos. VI asrda Arabistonda ko'p xudolik dinlari mavjud edi. Ayni paytda, shuni alohida ta'kidlash joizki, ko'p xudolik vujudga kelayotgan va asta-sekin o'ziga taraqqiyot yo'lini ochib borayotgan yangi tuzum-feodal jamiyatning ijtimoiy va siyosiy talablariga ham muvofiq kelmas edi. Yuqorida sanab o'tilgan omillar Islom vujudga kelishining obyektiv shart-sharoitlarini tashkil etadi. Islomning paydo bo'lishiga muayyan g'oyaviy muhit-birinchidan, arablar milliy ongining uyg'onganligi, ikkinchidan, haniflar (chinakam e'tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar)ning diniy harakati ham qulay sharoit yaratgan edi. Haniflar arab qabilalarini birlashtirish jarayonining g'oyaviy ifodachisi ham edi. Hanifiylikning markaziy g'oyasini-yakka xudoga ishonish, qabila xudolariga va mahalliy xudolarga sig'inishdan voz kechish tashkil etardi. Hanifiylar o'z targ'ibotlarida arablarni og'ir ahvoldan qutqaruvchi xaloskorning yaqinlashib qolganligini xabar berar, ilohiy qudratning hukmini sabrsizlik bilan kutib turish lozimligini uqtirar edilar. Ular ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.23 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.23 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: docx