Islomning asosiy manbalari. Tasavvuf va fiqx Reja: Quron va hadis. - Islom dinining asosiy manbalari. Quronning jamlanishi. Tasavvufning kelib chiqishi va taraqqiy etishi. Fiqx ilmining taraqqiy etishi. Quron «Quron» - arabcha «qara'a» (o'qimoq) felidan olingan. Quron suralardan iborat. Sura Qurondan bir bo'lak bo'lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o'z ichiga oladi. Quronda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Quron mantlarini taqsimlashning turli yo'llariga ko'ra, 6204ta, 6232ta, hatto 66 tagacha belgilangan. Bu narsa Quron nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi. Suralar Quronda o'z mazmuniy izchilligiga yoki o'qilgan vaqtiga, yani xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko'ra - avval katta suralar, undan so'ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko'rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo'lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat. Islomshunoslik va Quronshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin: 1. Makka davri (610-615 yillar). Yevropaolimlari bu davrda nozil bo'lgan suralarga «Nazmiy suralar» deb nom berganlar. 2. Makka davri (616-619 yillar), Muhammad s.a.v. va ularning izdoshlari doimiy taqib ostida yashagan va ko'pchilik Habashistonga ko'chib ketgan muhitda nozil bo'lgan. Bu suralarda Ollohning «Rahmon» sifatida ko'p tilga olinganligi sababli Yevropaolimlari ularni «Rahmon suralari» deb ataganlar. 3. Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham Muhammad s.a.v. va sahobalar taqib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko'pincha shahardan tashqarida ibodatga to'planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoidiga keng o'rin berilgan. Tarixiy voqealar aniqroq ko'zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 ta surani besh davrga ajratish maqulroqdir: 1-Madina davri (622 yil oktyabrdan 624 yil gacha). Muhammad s.a.v. Madinaga ko'chib kelganlaridan makkaliklar bilan birinchi yirik to'qnashuv - Badr jangigacha nozil bo'lgan 4 sura bu davrga kiradi. 2-Madina davri (624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o'tgan bir yil ichida nozil bo'lgan 3 surani o'z ichiga oladi. 3-Madina davri (625 yil martida - 627 yil martigacha). Uhud jangidagi talofotdan keyin Xandaq jangigacha o'tgan ikki yil ichida 5 ta sura nozil bo'lgan. 4-Madina davri (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Xandaq jangidan so'ng Makkaning olinishigacha o'tgan salkam uch yil ichida nozil bo'lgan 8 sura shu davrga kiradi. 5-Madina davri (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka fath qilinganidan keyin Muhammad s.a.v. vafotlarigacha o'tgan ikki yildan ortiqroq davr ichida nozil bo'lgan 4ta sura shu davrga kiradi. Muhammad alayhis-salom hayotlik chog'larida yana vahy tushib qolar degan umidda Quron jamlanib, kitob holiga ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
100.53 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
100.53 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: docx