Islomning ma'rifatparvarlik mohiyati Reja: Islom - bag'rikenglik dini. Islomning ma'rifatparvarlik mohiyati. Ey, insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir. Hujurot, 13 Dinda zo'rlash yo'q Baqara, 256 Din to'g'risida sizlar bilan urishmagan va sizlarni o'z yurtingizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli bo'lishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas, albatta, Allox adolatli kishilarni sevar. Mumtahana, 8 Agar Alloh xohlasa edi, sizlarni bir ummat (bir xil shariatda) qilib qo'ygan bo'lur edi. Lekin O'zi bergan narsa (shariatlar)da sizlarni sinash uchun (bir xil qilmadi) Moida, 48 Ey, odam farzandi, sen huzuringga kelgan mening mehmonlarimni siyla, men ham huzurimga kelgan sening mehmonlaringni (yani senga qarashli kishilar vafot etib kelganda) siylayman. Hadisi qudsiy Ey, odam farzandlari, agar mening rahmatimni yaxshi ko'radigan bo'lsangizlar, bas, men yaratgan narsalarga rahm-shafqat qilinglar. Hadisi qudsiy Ey, odam farzandi, g'azab kelganda meni yodingga olgil, men ham seni g'azabim kelganda yodimga olurman (yani halok qiladigan kishilarga seni ham qo'shib halok qilmasman). Hadisi qudsiy Imonning afzali sabr va bag'rikenglikdir. Hadis Kimki zimmiyga4 ozor bersa, men unga dushmandurman. Mening dushmanligim qiyomat kuni bo'lur. (Sen 4 Zimmiy - musulmonlar yurtida yashovchi boshqa din vakili.) Hadis Mening vafotimdan keyin yahudiylar va nasroniylar o'z ibodatxonalarini hashamatli qilib, ko'tarib qurganlaridek sizlar ham masjidlaringizni ko'tarib qurishga o'tib ketasizlar degan gumondaman. Hadis Masjidlaringni pastroq, shaharlaringni balandroq quringlar! Hadis Kimki zimmiyga zulm qilsa, menga zulm qilibdi. Hadis Biror qabilaning ulug' kishisi yoki boshlig'i kelsa, sizlar ham uni izzat-ikrom qilinglar. Hadis Ziyoratingizga kelgan odamning hurmatini joyiga qo'yinglar. Hadis Qaysi birlaringiz namozda odamlarga imom bo'lib qolsangiz, namozning (qiroatini) yengil o'qing! Chunki ular ichida yosh bolalar, keksalar, zaif kishilar, bemorlar va hojatmand kishilar bordir. Ammo o'zingiz yakka o'qiganda xohlagancha uzoq o'qiyvering. Hadis Qaysi birlaringda jahlu g'azab qo'zisa, darhol u sukut saqlashga o'tsin! Hadis Qaysi birlaringda jahlu g'azab tik turgan paytda kelsa, darhol o'tirib olsin. Agar shunda ham g'azabi ketmasa, yotib olsin! Hadis Qo'lingizdagi asirlarga yaxshi muomalada bo'linglar. Hadis Odamlarga keng qalbli bo'linglar, shunda odamlar ham sizlarga shunday bo'lurlar. Hadis Bu dunyoda odamlarga qattiq azob beradigan kishilarni Alloh taolo qiyomat kuni qattiq azoblaydi. Hadis Mo'minlarning afzali savdo-sotiqda qo'li ochiqrog'i va boshqalar ustidan va o'zi ustidan ham bo'ladigan hukmlarga rozi bo'ladiganrog'idir. Hadis Kimki odamlarning xatolarini kechiruvchi bo'lsa, Alloh unga shunday muomalada bo'ladi. Kimki afv etuvchi bo'lsa, Alloh taolo ham uning gunohlarini afv etuvchi bo'lur. Hadis Alloh ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.36 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.36 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: docx