Jahon dinlari. Buddaviylik

Jahon dinlari. Buddaviylik

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Jahon dinlari. Buddaviylik - rasmi

Material tavsifi

Buddаviyliк 1. Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri- Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit'alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda dunyoda buddаviylikka e'tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko'pgina mamlakatlar huquq normalariga ko'ra qaysi dinga e'tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddаviylar soni 400 mln.ga yaqin bo'lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir. Buddаviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta'limot sifatida vujudga kelib, unda ko'plab qonuniy manbalar va ko'p sonli diniy yo'nalishlar mavjuddir. Buddаviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an'analar bilan kirisha olishi bo'lib, bu narsa buddаviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo'ldi. Buddаviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to'plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin. Hozirgi buddаviylikka e'tiqod qilib kelayotgan sharq mamlakatlaridagi buddаviylik ta'limotini o'rganish u erdagi siyosiy-iqtisodiy, ma'naviy madaniyatini tushunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddаviylik qoida va an'analari buddаviylikka e'tiqod qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko'ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddаviylikning potentsial kuchi yotadi. 2. Buddаviylik asoschisining shaxsi. Buddаviylik asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko'plab buddаviylik bilan shug'ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddаviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma'nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug' ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g'olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo'lib, shu ismdan uning diniga buddаviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan. Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma'lumdir: «Maxavostu» - eramizning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» - eramizning II-II asrlarida yuzaga kelgan, «Buddaxacharita» - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan eramizning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» - eramizning 1-asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra». Bu biografiyalar orasidagi asosiy ziddiyat Buddaning qaysi yillarda yashaganligi xususidadir. Ular eramizdan avvalgi IX-II asrlar orasidagi turli muddatlarni ko'rsatadilar. Rasmiy buddаviylik hisobiga ko'ra esa Butama - Budda er. av. 623 yilda tug'ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko'pchilik tadqiqotchilar uning tug'ilishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.6 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.6 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga