Jahon dinlari. Buddizm va xristianlik, ulardagi ta'limiy-tarbiyaviy qarashlar

Jahon dinlari. Buddizm va xristianlik, ulardagi ta'limiy-tarbiyaviy qarashlar

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Jahon dinlari. Buddizm va xristianlik, ulardagi ta'limiy-tarbiyaviy qarashlar - rasmi

Material tavsifi

Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta'limiy-tarbiyaviy qarashlar. 1.Buddizmning vujudga kelishi, ta'limoti - to'rt oliy haqiqat, nirvana. 2.Buddizmdagi oqimlar: maxayana, xinayana. 3.Xristianlik. Xristian ilohiyoti. Yakka xudoning uch qiyofasi: Ota-xudo, O'g'il-xudo, Muqaddas ruh. 4.Xristianlikdagi asosiy oqimlar-ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm. Tayanch so'z va iboralar: Buddizm, maxayana, xinayana, Xristianlik, Xristian ilohiyoti, Yakka xudoning uch qiyofasi: Ota-xudo, O'g'il-xudo, Muqaddas ruh, pravoslavie, katolitsizm, protestantizm. Buddizm dinining paydo bo'lishi. Buddizm mil.av.I ming yillikning o'rtalarida Hindistonda braxman kastasiga kirmagan aholining braxmanizmga norozilik kayfiyati natijasida, jaynizm dini kabi paydo bo'lgan dindir. Sankxya, yoga, vedanta tizimlari o'z ta'limotlari va amaliy tavsiyalari bilan shu davrda najot, jamiyat bilan bog'lanishdan ozod bo'lish (mokshi), barcha moddiylikdan voz kechish, diqqat hamda kuchni ichki, ruhiy meniga qaratishni izlovchi keng kishilar ommasini paydo bo'lishi uchun mustahkam asos bo'ldi. Bu yangi neofitlar orasida ko'plab braxman bo'lmagan Kasta vakillari ham bor edi. Lekin yuqoridagi ta'limotlarni ifodalovchi donishmandlik xazinasi braxmanlar qo'lida bo'lib, unga ezoterik xarakter berilgan hamda barcha braxman bo'lmaganlarni ikkinchi darajali, teng huquqli bo'lmagan e'tiqodchilarga aylantirdi. Buning natijasida braxmanlarning ezoterik donishmandligiga muqobil bo'lgan yangi ta'limotni ishlab chiqishga urinish boshlandi. Nisbatan mukammal ishlab chiqilgan va ta'sirli tizim - bu buddizm dini edi. Buddizm dini Hindistonda paydo bo'lgan bo'lsada, Osiyoning katta qismi - Xitoy, Hindixitoy, Mongoliya, Yaponiya, Koreya va boshqa hududlarga tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar turli manbalarga ko'ra 700 mln kishini tashkil etadi. Buddizm dinining asoschisi tarixiy shaxs - Siddxartxa Gautama - SHakya (sakya) qabilasi rojasining o'g'li bo'lib mil.avv. VI asrda tug'ilgan. Uning tug'ilishi haqidagi afsonaga ko'ra onasi Mayya tushida o'zining biqiniga oq fil kirib ketganligini ko'radi va bola ham xuddi shunday oanasini biqinidan tug'iladi. Gautamaning onasi u tug'ilgandan bir necha kun o'tgandan so'ng vafot etgan. Otasi Siddxartxa Mudsxadana xotiniga bo'lgan muhabbat ixotirasiga o'g'lini g'am-tashvishsiz voyaga yetkazishga harakat qiladi. Gautama o'z zehni va qobiliyati bilan tengdoshlari orasida ajralib turardi. Donishmand qariyalari tomonidan uni o'ziga xos kelajak kutayotganligi bashorot qilingan. Hashamat va o'yin-kulgi bilan o'ralgan Gautama faqat hayotni quvonchlarini bilardi xolos. U voyaga yetadi, uylanadi, o'g'il ko'radi va bu orada hech narsa uning baxtiga to'sqinlik qilmasdi. Kunlarning birida u xizmatkori CHanga bilan saroy tashqarisida aylanib yurib yuzlari yara bosgan kishini ko'rib undan ta'sirlanadi. SHundan so'ng u mukkaygan qariya, dafn marosimi va chuqur uylovga shung'igan zohidni ko'radi. Bu to'rtta uchrashuv hikoya qilinishicha g'amsiz yashayotgan shaxzoda dunyoqarashini tubdan o'zgartiradi. U dunyo o'zi uylaganidek g'am-tashvishsiz emasligini tushunadi. Dunyoda bahsizlik, kasallik, o'lim borligi hamda olamni azob-uqubatlar boshqarishini tushunib, rohat-farog'atda yashayotgan shaxzoda o'z saroyini tark etadi. Gautama mana shu azob-uqubatlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.84 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.84 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga