Jahon dinlari. Islom dini

Jahon dinlari. Islom dini

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Jahon dinlari. Islom dini - rasmi

Material tavsifi

Jahon dinlari. Islom Reja: Islom ta'limoti va ruknlari Muhammad (s.a.v.) hayoti. Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi. Qur'oni karim - muqaddas, ilohiy kitob. Hadislar islom dinining Qur'ondan keyingi ikkinchi manbasi Islom dinining paydo bo'lishi va rivojlanishi. Hozirgi davrda butun jahonda islom dini haqida g'oyat ko'p munozarali fikrlar bayon qilinmoqda. Shuning uchun bu mavzu doirasida islom dini shakllangan tarixiy shart -sharoit, uning rivoji, bunda Muhammad ibn Abdulohning ulkan xizmatlari, uning Markaziy Osiyo mintaqasiga tarqalishi, bu yerdagi tsivilazatsiya rivojiga, madaniyatiga ta'siri, uning hozirgi davrdagi mavqei muammoli tarzda yoritib beriladi. Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, habashiston, G'arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Osiyo qit'asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg'oniston, Pokiston, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, xitoy, hamda fillipin aholisining bir qismi, Yevropaqismida esa Bolqon yarim orolida yashaydigan xalqlarning bir qismi islom diniga e'tiqod qiladi. Aholisining ko'pchiligi mutloq musulmonlardan iborat bo'lgan 39 mamlakat, hatto aholisining yarmini musulmonlar tashkil etadigan ba'zilari ham (Misr, Malayziya 49) o'zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar. Ularning ba'zilarida (Mavritaniya Eron, Pokiston, Kamar orollari) mamlakatlarining nomiga islom so'zi qo'shib aytiladi. Rasmiy statistika bo'yicha, bir necha mamlakatlarda aholining deyarli barchasi musulmonlardan iborat. 28 mamlakatda islom rasman davlat dini sifatida tan olingan. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Kavkazorti va Shimoliy Kavkaz, Volgabuyi, G'arbiy Sibir va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. Hozirda islomga e'tiqod qiluvchilar soni yil sayin ko'payib bormoqda. Ayniqsa, e'tiqod erkinligi haqidagi yangi qonunning qabul qilinishi, vaqtli matbuot sahifalarida, radioeshittirishlar va oynai jahon ko'rsatuvlarida din mavzuidagi chiqishlarning ko'payishi, maxsus gazeta va jurnallarning keng tarqalganligi islomga bo'lgan e'tiborini oshirib yubordi. Islom jahondagi, ayniqsa, Osiyo va Afrika qit'asi madaniyatining umumiy qiyofasida muhim iz qoldirdi. Bunga eng avvalo bu hududlarda arab tili va arab yozuvining keng tarqalganligi, islom mafkurasi zamonida ishlab chiqilgan muayyan turmush tarzining hukmronligi musulmonlar ijtimoiy hayotining turli sohalari shariat tomonidan idora etilganligi imkon bergan. Shunga qaramay mahalliy madaniy an'analar yo'qolmay, yangi islom yo'nalishida rivojlangan va u ko'pincha qadimiy musulmon an'analari sifatida qabul qilingan. Musulmonlar madaniy merosi masalasi milliy ozodlik harakati va rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqillik uchun kurashi jarayonida asosiy masalaridan biriga aylandi va ijobiy ahamiyat kasb etdi. Xo'sh islom nima? Islom so'zining lug'aviy ma'nosini quyidagicha sharhlash mumkin: 1) ixlos, turli sifatlardan salomat bo'lish; 2) sulh va omonlik; 3) itoat va buysinish. Islomning paydo bo'lishi tahlil etish tarixiy davrning xususiyatlari, arab qabilalari o'rtasida hukmrom bo'lgan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni va ularning diniy g'oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.82 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.82 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga