Jahon dinlari. Xristianlik

Jahon dinlari. Xristianlik

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Jahon dinlari. Xristianlik - rasmi

Material tavsifi

Jahon dinlari. Xristianlik Reja: Xristianlik dini - jahon dinlaridan biri. Xristianlik ta'limoti Yo'nalishlarning o'ziga xos xususiyatlari, farqlari. Xristian missionerligi. Xristian dinining paydo bo'lishi va tarqalishi. Jahon dinlaridan biri bo'lgan xristianlik I asrda Rim imperiyasining sharqiy provintsiyalarida shafqatsizlikdan najot istagan ezilgan omma dini sifatida paydo bo'ldi. XX asrlarga kelib, Rim imperiyasining davlat diniga aylandi. XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayok Talos (Merke) da cherkovlari kurilgan bo'lib, Samarqandda (301 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida episkoplik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), hirotda (558 yillar) 6-12 episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo'lgan. xurosonliklar va sug'diyonaliklar buddistlar, zardo'shtiylar, moniylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo'lishgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qaram erlarda ta'qib qilinganlar. Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalish davrlarida islom bilan xristianlik o'rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo'lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973 - 1050) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo'lgan. Ana shu davrlarda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301 yil ) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylandi. Kavkaz Albaniyasi territoriyasida esa (hozirgi Ozarbayjon va Janubiy Dog'iston territoriyasi) IV - VII asrlarda hukmron din hisoblangan. O'sha davrdagi ko'pdan - ko'p va bir - biriga qarshi kurashayotgan dinlar orasidagi Sharqning hukmronlari tomonidan eng ko'p homiylik ko'rsatilgan din xristianlikning sharqiy yo'nalishi bo'lmish nestorianlik bo'lgan. Halif saroylarida nestorianlik patriarxlariga butun sharq xristianligining homiysi sifatida qaralgan, patriarxning qarorgohi esa Konstantinopol(Istambul) dan Bag'dodga ko'chirilgan. Nestorianlar xristianlikni Turkistonda, Amurgacha bo'lgan Shimoliy va G'arbiy Xitoyda targ'ibot qilganlar. Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga qarshi kurashidagi markazi, 1257 yildan so'nggina o'z faoliyatini tuxtatgan Samarqand mitropoliyasi bo'lgan. Xristianlik muxlislari soni jihatdan eng ko'p tarqalgan (1 milliard 400 million) bo'lib, u bir qancha mustaqil cherkovlarga, sektalarga, yo'nalish va oqimlarga bo'linadi: ularning ichida provaslavie, katolitsizm va protestantizm kabi yirik yo'nalishlar bor. Xristianlik falastin va o'rta yer dengizi yahudiylari dinlari ichida vujudga keldi, o'nlab yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog'liq yoki uning siyosiy va madaniy ta'sirida bo'lgan xalqlar orasida tarqaldi. Yangi va eng yangi davrlarda u mustamlakachilik siyosati missionerlik natijasida Evropadan tashqarida ham tarqaldi. Xristianlik vujudga kelishining sabablari tanazulga uchragan Rim quldorlik jamiyatining ijtimoiy va iqtisodiy hayot sharoitlari, quldorlik ishlab chiqarish usulining inqirozi, quldorlik tartibining parchalanishlari va g'oyaviy munosabatlarida Respublikachilik demokratik qoidalarining yo'q bo'la borishi, yakka xoqimlik va mutlok ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.24 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.24 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga