Mavzu: Jaynizm ta'limoti Jaynizm - 1) Hindistonda tarqalgan dinlardan biri (qariyb 3 mln. kishi e'tiqod qiladi). Miloddan avvalgi 6-asrda paydo bo'lgan. Rivoyatlarga ko'ra, Jaynizm asrlar osha 24 ustoz-payg'ambar orqali yetib kelgan. Bularning eng so'nggisi Jinna (ya'ni g'olib, dinning nomi shundan) va Maxavira taxallusini olgan Vardhamana bo'lib, shu din asoschisi hisoblanadi. Jaynizm qadimgi hind jamiyatidagi qarbiylar (kshatriy) bilan ruhoniy - brahmanlar o'rtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi oqibatida vujudga kelgan. Jaynizm ramzlari Ba'zi tadqiqotchilar fikricha, Jaynizm buddizmnmng bir mazhabidir. Jaynizm buddizm kabi brahmanizmning murakkab rasmrusumlariga va tashqi shakliga qarshi chiqsi. Vedalarniit muqaddasligini, qurbonliklar qilishni, ruhoniylar va xudolarning inson taqdiriga hal qiluvchi ta'sirini inkor etdi. Jaynlar o'z jamoasiga kirish uchun barcha varna (kasta)dagi erkak va ayollarga yo'l ochdi. Jaynizmda markaziy o'rinni jon haqidagi ta'limot egallaydi. Bunga ko'ra, inson joni barcha qilmishlari uchun javobgar, chunki bu qilmishlar karma qonuni asosida ro'y beradi, karma qonuni tanni jon bilan bog'laydi, insonni yerdagi ishlarga zanjirband etadi va uning keyingi qayta tug'ilishlarini belgilab beradi. Kishilar o'z jonini o'zi xalos qilishi, qayta tug'ilishlardan ozod bo'lishi mumkin. Bunga erishish uchun Jinnaga e'tiqod qilish, Jinna ta'limotiga ishonish, Jinna belgilagan axloq, me'yorlariga rioya qilishi kerak. Jaynizm ta'limotida tarkidunyochilikka alohida e'tibor beriladi.Jaynizm ta'limoti bo'yicha inson dunyoda o'zining barcha ehtiroslaridan voz kechib, o'z nafsini tiyishi, o'z-o'zini yengishi talab qilinadi.Najotga hamda abadiy, rohat farog'atga faqat taqvodorlik bilan hayot kechirgan odamgina erisha oladi. Har bir kishidan ta'limotning haqqoniyligiga ishonish, shu e'tiqodga asoslangan mukammal bilimga ega bo'lish, shuningdek, din aqidalariga og'ishmay amal qilib yashash talab etiladi. Jaynizmda axloqiy kamolatga yetishishning va karma qonunidan qutulishning birdanbir yo'li zohidlik hisoblanadi. Jaynlar zohid-rohiblar va fuqarolar (savdo-sudxurlik bilan shug'ullanuvchilar)ga bulinadi. Jaynizm tarafdorlari hozirgi kunda asosan bankdorlar, sudxo'rlar, sarroflar va zargarlardan iborat. Ular jondorlar bilan savdo qiladilar, boshqa tijorat ishlari bilan ham shug'ullanadilar; 2) falsafiy ta'limotlardan biri. Miloddan avvalgi 2- 1-asrlarda Jaynizm dini asosida shakllangan. Jaynizm falsafasining asosiy manbai Jayna sutra (Jayna aforizmlari) hisoblanadi. Jaynizmning axloqiy ta'limoti yakka shaxsning o'zigagina qaratilgan. Inson faqat o'zini ozod qilishi mumkin; boshqa odamga yordam berish mutlaqo bo'lmagan va iloji yo'q narsa. Jaynizm falsafiy tizimi hozirgi vaqtgacha deyarli ilk ko'rinishida saqlanib qolgan. Jaynizmdagi 2 yo'nalish: Jaynizm ta'limotiga ko'ra har bir insondan ma'lum bir axloqiy qoidalarni bajarish talab qilinadi. Jaynizmda har bir inson besh narsaga amal qilishi zarur bo'lib, bular, Jaynizm ta'limoti bo'yicha borliqning iloh tomonidan yaratilganligi va uning borliq ustidan nazorat qilib turishi tan olinmaydi. Jaynizm ta'limotiga ko'ra, ruh abadiy mavjudot, olam esa azaliydir.Ruh moddiy tanani yengib o'tib, abadiy hayotga yetishishi mumkin.Jaynizmda axinsa- zarar yetkazmaslik qoidasiga ko'proq e'tibor ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
118.5 KB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
118.5 KB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: pptx