Konfutsiychilik. Daosizm Qadimgi Xitoyda Lao-Tszi falsafiy ta'limoti bilan deyarli bir davrda Kun-Tszi (Konfutsiy - miloddan avvalgi 551-479)ning falsafiy ta'limoti ham paydo bo'ldi. Konfutsiy - Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, Konfutsiychilikning asoschisi. Konfutsiy, garchi, samoni oliy ruhiy qudrat, ajdodlarga qurbonlik keltirishni ularni e'zozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o'z ta'limotida osmon sirlari muammolarini deyarli tilga olmagan hamda ruhlar va narigi dunyo kabi tushunchalarga kam etibor bergan. Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g'oyalari markazida inson, uning aqliy va ma'naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o'rni, vazifasi muammolari turadi. Konfutsiy fikricha olamdagi barcha mavjudot singari insonning taqdiri ham samoviy qudratga bog'liq. Shuning uchun odamlarning oliyjanobligi yoki tubanligi, oliy yoki past tabaqaga mansubligini o'zgartirib bo'lmaydi. Binobarin, podshoh - podshohligicha, fuqaro - fuqaroligicha, ota - otaligicha, farzand - farzandligicha qolishi kerak. Bunday g'oya, ko'ramizki, mavjud tuzumni saqlab qolishni nazarda tutar edi. Shu bilan birga, Konfutsiy ideal, oliy inson, asl, mard kishi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu kotseptsiyaga ko'ra, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatgo'ylik, haqgo'ylik, samimiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma'naviy fazilatlarga erishish tufayli yuksak kamolotga etishuvi mumkin. Konfutsiyning falsafiy ta'limoti keyinchalik Xitoyda hukmron dinlarning biriga aylangan va Konfutsiychilik deb nom olgan dinning asosi bo'ldi. (milodning boshlarida). Konfutsiychilik manbai - Konfutsiy izdoshlari yozgan «Lung-Yuy» (Suhbatlar va mulohazalar, miloddan oldingi VI asr) kitobidir. Konfutsiychilik Lao-Tszi ta'limotidan tubdan farq qiladi. U jamiyatni ijtimoiy larzalardan asrab qolishga intilgan feodal amaldorlarning qarashlari va manfaatlarini himoya qilgan. Konfutsiychilikning maqsadi - xalqni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashdir. Bu din aqidasiga ko'ra, jamiyatda osmondan yuborilgan «Jeng» (Insonparvarlik) qonuni amal qiladi. Bu qonunni o'rganib olish uchun inson «Li»ga, yani ijtimoiy axloq normalariga, qoidalariga, an'anaviy marosimlarga amal qilishi, o'zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi zarur. Konfutsiychilik belgilangan diniy tartiblarga qattiq amal qilishni talab etadi. Konfutsiyning o'zi hayotligida diniy tartiblarni sidqidildan bajargan. Endilikda, har bir oilaning o'z ibodatxonasi bo'lishi zarur bo'ldi. har bir oila o'z ibodatxonasiga ajdodlarning timsoli bo'lgan «Chju» tasvirini joylashtiradi. Uning yoniga qurbonliklarni qo'yadi va diniy marosimlarni ijro etadi. Konfutsiychilikda ijtimoiy-axloqiy masala alohida o'rin egallaydi. Shu manoda Konfutsiy ta'limotini inson xatti-harakati hayoti me'yorlari haqidagi ta'limot deyishi ham mumkin edi. Insonlar o'rtasidagi hayot tarzi an'anaviy besh munosabatdan iboratligi qayd etilgan: davlat boshlig'i bilan amaldorlar o'rtasidagi munosabat; ota-onalar bilan farzandlar o'rtasidagi munosabat; yer bilan xotin o'rtasidagi munosabat; katta va kichik aka-ukalar o'rtasidagi munosabat; do'st-birodarlar o'rtasidagi munosabat. Bu ta'limotda shunday qadriyatlar ham borki, unga qoyil qolmay iloj yo'q. Birgina misol keltiramiz: O'g'il ota-onasi oldida quyidagi beshta vazifani bajarish shart edi: har doim ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.44 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.44 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: docx