Madaniyat rivojlanishining asosiy qonunlari

Madaniyat rivojlanishining asosiy qonunlari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Madaniyat rivojlanishining asosiy qonunlari - rasmi

Material tavsifi

Madaniyat rivojlanishining asosiy qonunlari. Arxaik (ibtidoiy) madaniyat. an'anaviy madaniyat Madaniyat tushunchasi, bir qancha manoga ega. Kimdir ma'lumotlilik, savodxonlik, ziyolilik desa, yana kimdir madaniyat - bu adabiyot va san'at, deydi. Boshqa birov yaxshi yoki chiroyli qiyinishni madaniyat deydi. Va hokazo. Ko'rinib turibdiki, bu hodisa nihoyatda boy va ko'p qirrali. Amerikalik madaniyatshunoslar Alfred Kreber va Klayd Klakxonlar oxirgi 100 yil ichida ilmiy istemolga kiritilgan 200 dan ortiq ta'rifni qayd etgan bo'lsa, hozir bu tushuncha 500, boshqa manbalarga ko'ra esa - hatto 100 taga etadi. Madaniyat tushunchasi qanchalik serqirra bo'lmasin, ularning mohiyati bitta: dinamika, yani o'sish, yaxshilik sari o'zgarish. Bo'z yerga ishlov berilsa, u mo'l hosil beradi (mas., Mirzacho'l), Karlo-ota g'o'laga «jon» kirgizib, Buratinoni yaratdi, iqtisodiyot rivojlansa, xalqning turmushi farovon bo'ladi. ta'lim odamlarning ko'zini ochadi, izzat-ikrom ko'rsatish - muqaddas qadriyat «Madaniyat» arab tilidagi «Madina» yoki «Madinat an-nabiy» (payg'ambar shahri), yani shahar Sotsializatsiya (ijtimoiylashish). Madaniyatga biologik yo'sinda erishilmaydi. Madaniyat - hosila. U egallanadi. (q.: Giddens. Sotsiologiya, 68-94-b) Har bir avlod uni o'zida aks ettirib, keyin kelgusi avlodga meros qoldiradi. Shu ijtimoiylashuv deyiladi. Dastlab, qadriyatlar, urf-odatlar, e'tiqod, me'yor, tartib, qonun-qoidalarni o'zlashtirish natijasida bola shaxsiyati shakllanadi, yurish-turishi, xulq-atvori boshqariladi, yo'lga solinadi. Ijtimoiylashuv jarayoni bo'lmasa madaniyat ham o'ladi. «Chakalakzor bolalari» deyilgan (Tarzan, Mao'g'li, aveyronlik yovvoyi, kaliforniyalik Jenni [9:69], qozog'istonlik Jumavoy - Ch.Aytmatov, M.Shohonov) odamlarning o'z xatti-harakat, his-hayajonlarini nazorat qila olmasliklari (infantilizm) bunga misol bo'ladi. Ular, E.Giddensning kuzatishicha, insonlar bilan muloqot qilishdan butkul mahrum bo'lishgan, tartibli hayot tarzi haqida ma'lumotga ega emaslar, tili yo'q - so'zlashishni bilmaydi. Faqat ijtimoiylashish odamni oliy inson darajasiga ko'taradi. Madaniy universaliy (umumiylik)lar (Giddens, 50). Dunyo xalqlarida nima raso-yu, nima noraso, nima yaxshi-yu, nima yomon, nima aqlsizlig-u, nima me'yoriy hol degan tushunchalarda munozaralar bo'lib turadi. Masalan, savobgarchilikni ham har kim har xil tushunadi. Bir mamlakatda transport yo'l harakati chap tomondan bo'lsa, boshqa yurtda - o'ng tomonda yuradi. Birov tasdiq manosida boshini yuqoridan pastga qilsa, boshqalar u yoqdan bu yoqqa saraklaydi. Dunyodagi barcha umumiyliklarni aniqlash qiyin. Sotsiologlar 60 dan ortiq umumiylikni qayd etishgan. Bular: sport, tanani bezash (mas.: xino, o'sma, surma qo'yish), raqs, ta'lim, motam marosimlari, sovg'a-salom, mehmondo'stlik, qarindoshlar bilan quda-anda bo'lmaslik, til, hazil-mutoyiba, diniy marosimlar, mehnat qurollari yasash va boshqalar. Madaniy umumiyliklar hayotda to'g'ri yo'l tanlashga yordam beradi. Etnotsentrizm - o'z madaniyatini boshqalar madaniyatidan ustun qo'yish. Uning tamoyillari davatchilar (missionerlar) faoliyatida yorqin ifodasini topadi. Ularning nazarida boshqa din vakillari go'yoki «varvarlar»dir. Fanda bu yo'nalishning evropotsentrizm va unga javoban tuzilgan aziotsentrizm oqimlari bo'lgan. Madaniyatshunoslik bu nozik masalada xushyorlik bilan oqilona fikr yuritishni yoqlaydi. Bazi jamiyatlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 681.96 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 681.96 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga