Markaziy Osiyo dinlari

Markaziy Osiyo dinlari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Markaziy Osiyo dinlari - rasmi

Material tavsifi

Markaziy osiyo dinlari Reja: Tangrchilik Zardushtiylik Moniylik Tayanch tushunchalar: Tangri, yerlik, Umay, Jumay, Olqish, Axuramazda, Axriman, Zardusht, Avesto, Fravashi, Yasna, Yasht, Videvdat, Visperad, Moniy, Dualizm, Kefalayya. Tangrichilik osmon xudosi Tangri (Tangrixon)ga e'tiqod qilgan qadimiy turkiylarning dini bo'lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillikda vujudga kelgan. Ko'pchilik mutaxassislar oliy osmon xudosi shumerlarda - Dingir, qadim xitoyliklarda - Tyan va xunnlarda - Chenli nomi bilan mavjud bo'lganidan kelib chiqib, ularda aynan bir xudo - Tangri nazarda tutilgan, deb etirof etadi. Olimlar mazkur qiyosga tayangan holda tangrichilik eng qadimgi dinlardan biri ekanini takidlaydilar. Ko'pchilik olimlar fikricha, tangrichilik hukmdor Kanishka tomonidan mil.avv. 165 yilda ilgari surilgan buddaviylikka yaqin, ammo mustaqil aqidaga ega din sifatida shakllangan edi. Diniy qarashlar sodda va tushunarli bo'lgani, diniy marosimlarning qatiy bajarilgani ularning ming yillar davomida avloddan avlodga o'tib kelishini ta'minlagan. Bazi olimlar tangrichilikda Olqish (Qo'shiqlar to'plami) yozma manbasi bo'lgani va unda tangrichilik aqidasi, marosimlari va ibodat qilish tartiblari bayon etilganini takidlashadi. Tangrichilik ta'limotiga ko'ra, Tangri bu - Moviy Osmon, Buyuk Osmon sohibi ruhi bo'lib, uning doimiy makoni osmon deb hisoblangan. Tangri so'zi turkiy xalqlarda Tengri yoki Tengeri (oltoy), Tengri (qipchoq), Tanri (turk), Tengri (tatar), Tangara (yoqut), Tengiri (kumiq), Teyri (bolqor-qorachoy), Tenger (mo'g'ul), Tura (chuvash) shakli ham ishlatilgan. Tangri butun borliqning yaratuvchisi, cheksiz fazoda faqat uning o'zi hamma narsadan voqif, adolatli va marhamat egasi bo'lgan erkak qiyofadagi yagona xudo sifatida tasavvur qilingan. Butun borliq bo'ysunuvchi Tangri insonlar, xalq va davlatlarning taqdirini belgilaydi deb e'tiqod qilingan. Milodiy IV-V asrlarga oid O'rxun Enasoy yodgorliklari bitiklarida Tangri yagona, azaliy, abadiy, hayot beruvchi, yaratuvchi, o'ldiruvchi, hukm qiluvchi, yordam beruvchi, jazolovchi, bandaning duosini qabul qiluvchi, himoya qiluvchi va mag'firatiga oluvchi, hamma narsani biluvchi, insonlarga ilm beruvchi va yo'l ko'rsatuvchi sifatlar bilan maqtalgan. Bundan tashqari ularga hoqonlarni taxtga chiqargan va mustaqil davlat tuzishlariga yordam bergan ham Tangri ekani qayd etilgan. Qadimgi turkiylar e'tiqodiga ko'ra, butun borliq ustidan yagona hukmdor Tangrixon o'ziga bir qator ko'makchi mabudlarni ham yaratgan. Jumladan, ushbu panteon Umay (Jumay, ona mabuda), yerlik (ota mabuda), Yer, Suv, Olov, Quyosh, Oy, Yulduzlar, Havo, Bulut, Shamol, To'fon, Momoqaldiroq, Chaqmoq, Yomg'ir, Kamalak mabudlaridan iborat bo'lgan. Tangrixon Yer va boshqa ruhlar (Yurt egasi, Suv onasi) bilan Yer olami ishlarini hal qilib, barcha jonzotlarning umrini belgilagan. Yerda hayotning sababchisi bo'lgan Umay mabudi ayol qiyofasida va hayot onasi deb ezozlangan. Erkak jinsidagi yerlik o'lim sababchisi bo'lib, uning makoni Yerosti olami hisoblangan. Tangrichilikda Tangri va Yer ikki qutb sifatida qaralsa-da, ular orasida o'zaro hamkorlik mavjud deb e'tiqod qilingan. Inson Yerda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pdf, docx, pptx
Fayl hajmi 2.52 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: pdf, docx, pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pdf, docx, pptx
Fayl hajmi 2.52 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, docx, pptx
Tepaga