Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va uning tub negizlari, etnomadaniyati

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va uning tub negizlari, etnomadaniyati

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va uning tub negizlari, etnomadaniyati - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Ociyo xalqlari madaniyati va uning tub negizlari. O'rta Osiyo etnomadaniyatini o'rganishda yozma manbalarning o'rni Reja: 1. Zardushtiylik davrigacha va undan keyingi madaniyat takomili. 2. Avesto» - ezgulik, osoyishtalik va tinchlikka davat. 3. Zardusht haqida ma'lumot. Urganchda Markaziy Osiyo qadimgi madaniyati tarixi - zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi. Zardushtiylik dini - hozirgi Janubiy-G'arbiy Eron va Hindistonning g'arbiy qirg'oqlarida yashayotgan ikki alohida etnomadaniy jamoatning dini. Zardushtiylarning mayda-mayda guruhlari shu mamlakatlarning boshqa viloyatlarida, Singapur, Gonkongda istiqomat qilishadi. Bu din, boshqa dinlar va ularning maqsad va vazifalariga ko'ra, ular bilan bir qatorda tura oladi. Bugun zardushtiylarning umumiy sonini hisoblab bo'lmaydi. Hozirgi hisoblga ko'ra, Hindistonda 100 ming, Eronda ≈ 50 ming, Pokistonda 5 mingdan ortiq, AQSH va Yevropada bir necha mingta shu dinga ishonuvchilar bor. Zardushtiylik dinining asosiy muqaddas kitobi Avesto bo'lib, bugun uni o'rganish va tadqiq qilish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. YuNYeSKO Ijroiya Kengashining 155-sessiyasi yig'ilishida Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov 200-xalqaro jahon madaniyati yilida Xorazmda yaratilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» ning 2700 yillik yubileyini nishonlash tadbirlari haqida gapirdi. Avesto - insoniyatga malum barcha muqaddas yozuvlar ichidagi eng qadimgi, eng nodir va noyob asardir. Uch ming yildan buyon bu yodgorlik hamma uchun ezgulik madhiyasi sifatida zardushtiylikning uch muqaddas qoidasi Ezgu fikr, Ezgu so'z, Ezgu amallarni yoyishdek axloqiy vazifani bajarib kelmoqda. Bu qadimiy yodgorlikning yozilish tarixi, uning tarkibi va asl mohiyati butun dunyoda keng o'rgatilgan. Avestoshunoslik degan ilmiy yo'nalish paydo bo'ldi. Bu sohada J.Darmstener, A.V.Jekson, I.Markvart, G.Nyuberg, E.Benvenist, S.P.Tolstov, V.Geyger, V.Bartold, I.Braginskiy, F.Shpigel, E.Xertsfeld, V.Xenning, D.Gershevich, V.Volf kabi taniqli olimlar faoliyat ko'rsatmoqdalar. Bugun bizning Respublikamizda A.Saidov, Ye.Abdullaev, N.Jo'raev, M.Ishoqov, A.Mahkamov va boshqalar Avestoni o'zbek tiliga o'girish, sharhlash va tadqiq qilish ustida ish bormoqdalar. Prof. Matyoqub Qo'shchonovning ham oldida ana shunday ezgu niyat turganligi malum. Avesto zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo'lib, shu dindagi halqarning axloq, odob, diniy qonun va qoidalar majmuasidir. Dastlab Avesto 21 kitobdan iborat bo'lgan. Bizgacha uning ayrim qismlarigina saqlanib qolgan. Masalan, Yasna, Visparat, Yasht, Videvdat. Yasna kitobi 72 bobdan iborat bo'lib, ulardan 17tasi - Gotalar payg'ambar Zardushtning muqaddas madhiyalari va diniy nasihatlaridan iborat.Gotalar Avestoning eng qadimgi qismi bo'lib, undagi Zardushtning arxaik ibora va terminlari so'zma-so'z Yasna kitobiga qiritilgan. Shuning uchun tadqiqotchilar Gotalar qadimgi eroniy tillarning qaysi lahjasida yozilganligini aniqlash va ularning manolarini chaqish qiyinligidan noliydilar. Visparat kitobi 21 bobdan iborat. Unda zardushtiylarning bayram va diniy marosimlarda ijro etiladigan ayrim madhiyalari to'plangan. 21 bobdan iborat Yashtkitobida yozuvsiz zamonlarga oid eroniy qabilalarning diniy tasavvurlari, afsonaviy qahramonlar va ulug' xudolarga bag'ishlangan madhiyalar to'plangan. Demak, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 273.02 KB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 273.02 KB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga