Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi

Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizasiyasi rivojiga qo'shgan hissasi. Reja: Jahon ma'naviyati va ma'rifati rivojida Markaziy Osiyo xalqlarining qo'shgan hissasi. Mustaqillik davrida diniy qadriyatlarning tiklanishi va ularning komil inson tarbiyasidagi ahamiyati. Prezident Islom Karimovning nutq, ma'ruza va asarlarida Islom ma'naviyati va uning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlari. Markaziy Osiyo xalqlari milliy ma'naviyati takomil bosqichlari bu o'lka xalqlari madaniy taraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog'liq bo'lib, ushbu sahnda yuz beruvchi hodisa sanaladi. Xalqimiz madaniy taraqqiyoti o'ta murakkab va ko'p ming yillik ma'naviy takomilimiz jarayonida asosiy bo'g'inlarni tashkil etib, o'z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ana shu murakkab va ko'p ming yillik takomilimiz jarayonidan asosiy bo'g'inlarni ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma'naviyatimiz rivojlanishi bosqichi haqida fikr yuritib bo'lmaydi. Ko'pgina tadqiqodchi-larning shu jumladan M.Imomnazarovning bu boradagi fikrini qo'llab, unga qo'shilib milliy ma'naviyatimizning necha ming yillik tarixiy uch yirik davrga ajratib ko'zdan kechirishni ko'p jihatdan maqbul bildik: Islomgacha milliy ma'naviyatimiz taraqqiyoti. Islom mintaqa madaniyati takomilida milliy ma'naviyatimizning o'rni va mavqei. Yangi davr jahon madaniyati va milliy ma'naviyatimiz takomili masalalari. Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma'naviyat va ma'rifati haqidagi ma'lumotlar asrlardan asrlarga o'tib hozirgacha saqlanib qolgan mif, afsonalar va qadimiy yozuvlarda saqlanib kelayotir, O'rta Osiyo xalqlarining qadimiy mif va afsonalari turli mavzularda bo'lgan. Chunonchi kosmogonik miflar, hayvonlar va qushlar haqidagi miflar, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqidagi miflar bo'lib ularda yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik, yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo'yilgan. Shu asosda baxt o'lkasi va baxtsizlik degan miflar yuzaga kelgan. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o'rtasidagi kurash mifalogik obrazlar Mitra, Anaxita, Qayumars, Yima (Jamshid), Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan. Bular haqidagi miflar biz keyingi masalada ko'rib o'tadigan zardushtiylikning «Avesto» kitobiga ham kirgan. Qadim O'rta Osiyo aholisi yaratgan og'zaki adabiyot yodgorliklari orasida qahramonlik eposi katta va muhim o'rin tutadi. Ularda xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi vatanparvarlik kurashi asosiy o'rinni egallaydi. Chunonchi, To'maris, Shiroq, Zarina, Rustam, Siyovush haqidagi xalq og'zaki eposlarida vatanparvar va fidokor bahodirlarning monumental obrazlari yaratilgan. «To'maris» eposida O'rta Osiyo aholisining chet el bosqinchilariga eramizdan avvalgi VI asrda bu o'lkaga bostirib kirgan eron ahmoniylari shohi Kirga qarshi massaget qabilalarining qahramonona kurashi aks etgan. Kir qo'shini tor-mor etilib, uning o'zi esa 529 yilda jang maydonida o'ldiriladi, kallasi tanasidan judo etilib, qon bilan to'ldirilgan meshga solinadi. «Shiroq» eposi ham O'rta Osiyo xalqlarining chet-el bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashini aks ettiradi va vatanparvarlik, jasorat, vatan va o'z xalqi baxt-saodati yo'lida fidoiylik qilishga shay, tayyor turish kabi yuksak ma'naviylik sak qabilasining cho'poni Shiroq timsolida gavdalangan. Yuqoridagi har ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.63 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.63 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga