DUNYoDA, XUSUSAN MARKAZIY OSIYoDA DINIY AQIDAPARASTLIK, EKSTRYeMIZM VA xalqaro terrorizm TAHDIDLARI, ULARNI BARTARAF ETISh BORASIDA MINTAQAVIY HAMKORLIKNI KUChAYTIRIShDAGI DOLZARB VAZIFALARI Xavfsizlikka putur etkazadigan xavf-xatar va tahdidlar Mintaqaviy mojarolar Diniy ekstremizm va fundamentalizm Agressiv millatchilik Etnik va millatlararo qarama-qarshiliklar Korruptsiya va jinoyatchilik Mahalliychilik va urug'-aymoqchilik Ekologik va yadroviy qurol muammosi va boshqalar I. Karimov. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida. Xavfsizlikka tahdidlar, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. Diniy ekstremizm Ekstremizm - bu keng manoda, jamiyatda mavjud bo'lgan qonun-qoidalarga qarshi chiqib, o'ta radikal qarashlarga, yoki xatti-harakatlarga mansublik deb hisoblanadi. Diniy-siyosiy ekstremizm Bu - din niqobi ostida radikal yo'llar bilan davlat tuzumini o'zgartirish va hokimiyatni egallashga, yoki davlatning suverenitetini va yaxlitligini buzishga qaratilgan faoliyat, yoki shu maqsadlarda diniy qarama-qarshilikni va nizolarni kuchaytirish. Ekstremistlar kuch ishlatishga, radikal usullarni qo'llashga davat qilib, quyidagi maqsadlarga erishishga intilmoqda: konstitutsion tuzumni ag'darish, davlat yaxlitligiga putur yetkazish, davlat xavfsizligini qo'porish, hokimiyat vazifalarini noqonuniy ravishda egallash, noqonuniy harbiy uyushmalarni tashkil etish, terroristik faoliyatni amalga oshirish, fuqarolarni diniy, ijtimoiy, irqiy, milliy belgilaridan kelib chiqib kamsitish; g'oyaviy, siyosiy, irqiy, yoki diniy g'arazlikka asoslangan, yoki ayrim ijtimoiy guruhlarga qarshi qaratilgan ommaviy tartibsizliklar, ijtimoiy beqarorlikni keltirib chiqarish va h.k. Terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 2-moddasining 2-bandida terrorizmtushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: Terrorizm - siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'ligiga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo'q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishiga majbur qilishga, xalqaro munosobatalarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli majoralar chiqarishni ko'zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo'rlik, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar. Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremistik va terroristik guruhlar o'z maqsadlari yo'lida qanday omillardan foydalanadilar? Asosiy ichki omillar: Joylarda ma'naviy-tarbiyaviy, mafkuraviy ishlarni tashkil etish borasida yo'l qo'yilayotgan sustkashliklar va ayrim kamchiliklar; Aholi va, ayniqsa, yoshlar orasida diniy bilimlarga bo'lgan qiziqishning mavjudligi (aynan shu omildan ushbu radikal guruhlar o'z maqsadlari yo'lida kengroq foydalanishga intiladilar); Yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi davriga xos ijtimoiy-iqtisodiy muammolar. Asosiy tashqi omillar: Ekstremistik va terroristik guruhlarning Al-Qoida, Tolibankabi radikal harakatlar va boshqa manfaatdor kuchlar tomonidan moddiy va moddiy-texnik jihatdan qo'llab-quvvatlanishi; Terroristik haraktalarga moddiy jihatdan homiylik qiluvchi Afg'oniston hududidagi narkomafioz guruhlar faoliyatining kuchayishi; Ayrim davlatlarning yoqilg'i-energetika zahirlariga boy bo'lgan hududlarni egallashga qaratilgan rejalarini amalga oshirishga yordam beruvchi terroristlarni tayyorlash bilan shug'ullanadigan maxsus xizmatlar faoliyati (bu yerda ushbu davlatlar va terroristik guruhlar bir-biridan ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
70.51 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
70.51 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: pptx