Milliy dinlar. Yahudiylik, hinduiylik, konfustiylik Reja: Yahudiylikning vujudga kelishi. Yahudiylik ta'limoti. Yahudiylik marosimlari va bayramlari. O'rta Osiyoga yahudiylikning tarqalish tarixi. Konfustiy - din asoschisi. Konfustiy ta'limoti. Milliy dinlarning kelib chiqishi. Markaziy Osiyo xalqlarining shakllanish tarixining murakkab va o'ziga xos tomonlari mavjuddir. Bu vaziyat ularning diniy turmushlarida ham o'z aksini topdi. Bu tarixiy jarayonning mazmunini dinning qadimgi shakllari va unsurlari, shuningdek, zardushtiylik, monixeylik, buddizm, xristianlik, yahudiylik va islomdan tashkil topgan dinlarning tarixi tashkil qiladi. qayd qilingan bu dinlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida oldinma-keyin o'rin olgan. Bu hudud xalqlarining dastlabki manzilgohlari Farg'ona vodiysi tosh davrida - eramizgacha bo'lgan 1 mln. - 500 minginchi yillarda vujudga kela boshlagan. quyi paleolit davridayoq (eramizgacha bo'lgan 10 ming yillar) bu erlarda (Toshkent, Sherobod va boshqa yerlar) ma'naviy madaniyatni shakllanayotganligini ifoda etuvchi qoyalarga o'yib tasvirlangan rasmlar, haykaltaroshlik paydo bo'la boshlaydi. Inson, o'simlik va hayvonlarning ramziy ifodalarini xayoliy tarzda o'zaro biriktirgan, uyg'unlashtirgan bu badiiy asarlar voqelikning inson tomonidan haqiqiy va xayoliy o'zlashtirishlarni o'zida ifoda etish bilan birga diniy qarashlarning vujudga kela boshlaganligini ham bildiradi. Keyinchalik neolit davrida «muqaddas» hayvonlarga, ona-xudoga bagishlangan haykallar, toat-ibodatlar, diniy marosimlar bilan bog'liq buyumlar paydo bo'la boshlaydi. Sinkretizm faqatgina inson tomonidan voqealikning haqiqiy va xayoliy tarzda o'zlashtirilganlikning murakkab ko'rinishida o'zaro uyg'unlashganini, birikkanligini ifoda etmaydi. Shuningdek, sinkretizm qadimgi odamlarning tafakkurini ham uzluklilik va uzluksizlik tabiatini, uni aniq buyum va narsalar orqali ifoda etilishini ham bildiradi. Ushbu nuqtai nazardan yondoshilganda fetishizm - ayrim narsa va buyumlarda g'ayritabiy xislatlar, sifatlar bor deb bilish diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakli bo'lishi mumkin degan fikrga boramiz. Markaziy Osiyoliklar, jumladan o'zbeklar ham ilmlar xaritasida xitoy, Hindiston, Gretsiya, Eron, Arabiston, Yevropaxalqlari orasidan doimo ergashib yuradigan xalq bo'lmaganligi, ular mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi jahon afkor ommasiga ayon bo'lib, qoladi. Bizning kunlarimizda eng kichik xalqlar, elatlar ham jahon hamjamiyatlari orasida o'z o'rinlarini topishi uchun o'tmishlarni ilmiy asosda tiklashga intilmoqdalar. Ba'zi ko'p sonli va qudratli millatlar esa boshqa xalqlar madaniyati va qadriyatlarini o'zlariniki qilib ko'rsatishgacha borib etmoqdalar va ko'pincha bunga muvaffaq bo'lmoqdalar. Ammo turkiy xalqlarning bu kabi ishlar bilan shug'ullanishlari uchun hojat yo'q. Ular tarixning ichkarisiga kirib borishdan qaytmasalar va bosqinchi - kelgindilar qadriyatlari doirasidan chiqib olishga aqllari etib qolsa bas, boy va iboratomuz tarix tiklanadiki, shunda o'zbekning ham ko'zi ochilib, istiqlol sari intilishda qudratli kuchga ega bo'lib qoladi, bu esa uning millat sifatida o'z milliy man faatlarini to'la-to'kis anglashi, natijasida viloyatparastlik, urug'parastlik illatlaridan holi bo'lishi uchun imkoniyat yaratadi. Yahudiylik (Iudaizm). Milodiy yil hisobining birinchi asrlaridan boshlab Markaziy Osiyo shaharlari Samarqand, Buxoroda o'zlarining ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.22 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.22 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: docx