Missionerlik va prozelitizm

Missionerlik va prozelitizm

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Missionerlik va prozelitizm - rasmi

Material tavsifi

Missionerlik va prozelitizm RYeJA: 1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati va g'oyaviy-aqidaviy asoslari. 2. Zamonaviy missionerlik uyushmalari. 3. Missionerlik faoliyatining olib borish uslublari. Missionerlikning mazmun - mohiyati Missionerlik - bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ'ib qilish. Prozelitizm - bu to'g'ridan-to'g'ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o'z dinidan voz kechishga va o'zga dinni qabul qilishga majbur qilish. Missionerlik va prozelitizm din bilan bog'liq holda shakllangan va mutaassiblikka asoslangan hodisalar hisoblanadi. Missionerlik so'zi lotin tilidagi «missio» felidan olingan bo'lib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa vazifani bajaruvchi degan manolarni anglatadi. Missionerlik bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ'ib qilish bilan bog'liq nazariy va amaliy faoliyatni bildiradi. Missionerlik o'ziga xos va uzoq tarixga ega. Jumladan, bunday harakat dastlab buddaviylik doirasida miloddan avvalgi II asrdan boshlab yoyilgan. Bugungi kunda esa missionerlik faoliyati bilan faol shug'ullanishga harakat qilayotganlar orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo'lgan sektalar borligini ham takidlash zarur. Missionerlikning uzviy qismi bo'lgan prozelitizm - to'g'ridan-to'g'ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o'z dinidan voz kechishga va o'zga dinni qabul qilishga majbur qilishni anglatadi. Din milliy ma'naviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo'lgan, ammo turli dinlar yoki konfessiyalarga e'tiqod qiladigan millatlar hamon ichki birlikni ta'minlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o'z taraqqiyotida o'nlab yillarga orqada qolib ketayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Livan aholisining 90 foizdan ortig'ini arablar tashkil etadi. Rasmiy til arab tili hisoblanadi. Ammo livanliklarning bir qismi islomga (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlikka (maroniy, pravoslav, katolik) e'tiqod qilishi natijasida milliy birlikni ta'minlash qiyin kechmoqda. Mamlakatning amaldagi qonunchiligida davlat boshqaruv idoralarining diniy belgilar asosida shakllantirilishi mustahkamlab qo'yilgani esa, ko'pgina hollarda xilma-xil omillar ta'sirida uning to'laqonli faoliyatiga to'siq bo'lmoqda. Musulmonlar va xristianlar o'rtasida vaqti-vaqti bilan kelib chiqayotgan fuqarolar urushi esa bu birlikni ta'minlashni yanada mushqo'llashtirmoqda. Dunyo xalqlarini injillashtirish bo'yicha mavjud rejalarning mazmun-mohiyati ( 200 yilga bo'lgan ko'rsatkichlar va xristianlik 2025 yilgacha erishishi lozim bo'lgan sifatiy holatning qiyosiy tahlili) Yer yuzi aholisining Injil bilan tanishtirilishi 73,1 foizdan 100 foizga etkazilishi Dunyo aholisi tarkibidagi xristianlarning ulushi 33 foizdan 40 foizga o'sishi Xristianlarning 10 foizini tashkil qilgan missionerlarning ulushi 20 foizga ko'tarilishi Xristianlar o'z daromadlarining 1,8 foizini cherkov hisobiga o'tkazib kelishgan bo'lishsa, bu ko'rsatkich 3 foizga etkazilishi Har 300 kishiga 1 ta missioner to'g'ri kelgan bo'lsa, bu ko'rsatkich har 100 kishiga 1 ta missionerni tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 693.89 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 693.89 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga