Missionerlik. G'oyaviy va aqidaviy asoslari

Missionerlik. G'oyaviy va aqidaviy asoslari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Missionerlik. G'oyaviy va aqidaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

MISSIONYeRLIK: G'OYaVIY VA AQIDAVIY ASOSLARI MISSIONYeRLIKNING MAZMUN - MOHIYaTI Missionerlik - bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ'ib qilish. Prozelitizm - bu to'g'ridan-to'g'ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o'z dinidan voz kechishga va o'zga dinni qabul qilishga majbur qilish. xalqaro XRISTIAN MISSIYaLARI Diniy missiya - xristianlikni boshqa diniy e'tiqoddagi kishilar orasida tarqatish hamda missionerlar qarorgohi hududida joylashgan cherkov, missioner-monaxlar yotoqxonasi, maktab-internat yoki ularning barchasining majmui. Bugungi kunda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida missionerlikning muhim tarkibiy qismi sifatida ko'plab xalqaro xristian missiyalari faoliyat olib bormoqda. Zamonaviy xalqaro missiyalar faoliyatining bosqichlari XRISTIAN MISSIONYeRLIGI QANDAY G'OYaVIY-AQIDAVIY ASOSLARGA TAYaNADI? Xristianlikning ayrim yo'nalishlarida Missionerlik har bir dindor uchun shart,-deb hisoblanadi. Bunga ular Injildagi quyidagi satrlarni dalil qilib keltiradilar: 15. Iso shogirdlariga dedi: «Butun jahon bo'ylab yuringlar va hamma tirik jonga Injil Xushxabarini targ'ib qilinglar. 19. barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh nomi bilan cho'qintiringlar. 20. Men sizlarga buyurgan hamma narsalarga amal qilishni ularga o'rgatinglar. Iso Masih tomonidan qilingan bunday davatlar ko'p xudolilik o'rniga yakka xudolikni targ'ib qilish bilan bog'liq edi. Bugungi kunda jahon aholisining mutlaq ko'pchiligi yakkaxudolikka asoslangan o'z dinlariga e'tiqod qiladi. Shunday ekan, qayd etilgan ko'rsatmalarni missionerlik bilan shug'ullanish uchun g'oyaviy asos qilib olish tarix haqiqatiga zid ekanini takidlash zarur. Iso Masihning bu davrdagi faoliyati faqat yahudiylargagina qaratilgan edi. Bu inkor etib bo'lmaydigan tarixiy haqiqat ekanini Injildagi quyidagi so'zlarda ham ko'rishimiz mumkin: 5. Iso bu o'n ikkovini jo'natib, buyruq berdi: «Majusiylar yo'liga oyoq bosmanglar va samariyaliklarning biron shahriga kirmanglar. 6. Aksincha, adashgan qo'ylarga o'xshagan Isroil xalqi oldiga boringlar. Shuni alohida takidlash zarurki, Iso va uning shogirdlari tomondan amalga oshirilgan davatlar Ierusalim (Quddus) shahri chegarasidan chiqmaganini ko'zga ko'ringan xristian tarixchilari ham etirof etadilar. Ammo zamonaviy missonerlar, ularning maqsadlariga xizmat qilmagani uchun, bunday fikrlarni bilib bilmaslikka olishga, tarixiy haqiqatdan ko'z yumishga harakat qiladilar. Jumladan, xristian olamida «Missionerlarning otasi» nomini olgan diakon Filipp va unga o'xshagan ko'pgina xushxabarchilar, Iso Masih ta'limoti yahudiylargagina taalluqli degan yondashuvdan kelib chiqib, faqat yahudiylar orasida targ'ibot ishlarini olib borganlar. Diniy sekta deganda malum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo'lmagan holda din bayrog'i ostida faoliyat ko'rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo'nalishga mansub bo'lgan taxminan 500 sekta faoliyat ko'rsatmoqda. DINIY SYeKTALAR O'ZLARINING G'ARAZLI MAQSADLARIGA ERIShISh UChUN QUYIDAGILARGA ALOHIDA E'TIBOR BILAN QARAYDILAR - aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanadilar - oxiratning yaqinligi bilan qo'rqitadilar - asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo'lganlar ichida ish olib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 509.88 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 509.88 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga