MUSULMON DUNYoSINING DINIY EKSTRYeMIZM VA terrorizmGA QARShI KURAShI RYeJA : 1.Islom diniy manbaalarida da insonparvarlik 2.Diniy ekstremistik tashkilotlar: umumiy jihatlar. 3.Musulmon dunyosining terrorizmga qarshi kurashi. Tayanch tushunchalar Musulmon mamlakatlari, qarshi kurash, qarshi kurashning siyosiy-huquqiy asoslari, diniy ekstremizmga qarshi kurashning ma'naviy- ma'rifiy asoslari. Yaqin Sharq mamlakatlari hozirgi kunda ham Hizbut-tahrir uchun faoliyat markazi sifatida saqlanib qolmoqda. Bazi ma'lumotlarga ko'ra, faqat Iordaniya, Livan va Falastin hududlarida tashkilotning 300-500 azosi faoliyat yuritadi. tashkilotning Bayrutda chop etiladigan al-Vay (Ong) jurnali esa hizbiy g'oyalarni tarqatishga o'zining ulushini qo'shib kelmoqda. Hizbut-tahrirning faol harakati 1970-80 yillardan buyon Pokiston, Indoneziya, Filippin, 1990 yillar boshidan esa Markaziy Osiyo davlatlarida, 2003-2004 yillardan Qrim yarim oroli va Rossiyaning bir qator mintaqalarida kuzatilmoqda. Bundan tashqari, Hizbut-tahrir g'arbiy Yevropadagi bir qator mamlakatlarda o'z bo'linmalariga ega. Bazi ma'lumotlarga ko'ra, tashkilotning Buyuk Britaniyada joylashgan bo'linmasi muvofiqlashtiruvchi markaz vazifasini bajarmoqda. Garchi Hizbut-tahrir o'z faoliyatida faqat g'oyaviy kurash usullaridan foydalanishini elon qilsa-da, tashkilot mafkurasini ifodalovchi hujjatlar buning aksini ko'rsatadi. Xususan, Hizbut- tahrir tomonidan tarqatiladigan varaqalar va qilinadigan davatlarda musulmon bo'lmagan hukumatlarga qurolli jihod elon qilish zarur, degan g'oyaning keng targ'ib qilinishi, al-Vay jurnalining 2001 yil iyunda chop etilgan 170-sonida islom xalifaligini qurish yo'lida barcha vositalarni qo'llash, hatto, qotillik qilishning oqlanishi, begunoh odamlarning o'limiga sabab bo'luvchi terrorchi-kamikadzelarning shahidlar qatoriga kiritilgani ham buni tasdiqlaydi. Hizbut-tahrir faollarining musulmon dunyosiga mansub bir qator davlatlarda konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan terrorchilik amaliyotlarida ishtirok etgani ham ularning asl qiyofasini ochiq-oydin namoyish etadi. Jumladan, 1968, 1974 va 1977 yillarda Hizbut-tahrir a'zolari Iordaniyada, 1974 yilda esa Misrda harbiy isyon ko'tarishga uringan. 200 yil yanvarda esa Suriya huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan hukumatga qarshi g'alayonlar ko'tarishga tayyorgarlik ko'rayotgan tashkilot faollarining 800 nafari qamoqqa olingan. Shu bilan birga, fitnalarning doimiy muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, Hizbut-tahrir rahbariyati orasida ushbu harakatlar tashkilotning ajralib chiqqan qismi tomonidan amalga oshirildi, degan davo bilan aybni bo'yinlaridan soqit qilishga intilishdek amaliyotni keltirib chiqarganini takidlash zarur. Voqelik boshqa diniy-ekstremistik tashkilotlar singari, Hizbut-tahrir a'zolarining faoliyati ham o'ta radikal tus olayotganini ko'rsatmoqda. 2003 yil aprelda tashkilotning Buyuk Britaniyadagi bo'linmasi a'zolaridan birining Isroilning Tel- Aviv shahrida joylashgan Mayks Pleys kafesida o'zini portlatib yuborishi natijasida 23 kishi nobud bo'lgani ham buni tasdiqlaydi. 2002 yilda Filippinda qamoqqa olingan tashkilotning bir guruh faollaridan katta miqdordagi portlovchi moddalar va o'qotar qurollar qo'lga olinishi barobarida ularning al-Qoida terrorchi tashkilotining mahalliy tuzilmalari bilan yaqin aloqada bo'lgani ham aniqlangan. Bu esa Hizbut-tahrir tashkiloti o'z faoliyatini xalqaro terrorchilik tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil etayotganidan dalolat beradi. Al-Qoida (Asos). Radikal «islom» g'oyalariga asoslangan ushbu transmilliy diniy-siyosiy guruhning paydo bo'lishiga ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: pptx, docx