O'zbekiston Respublikasi Konstitustiyasida vijdon erkinligi Reja: O'zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar. Vijdon erkinligi-diniy e'tiqod erkinligi Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunning yangi tahriri. Noqonuniy diniy faoliyatning ta'qiqlanishi. Dunyoviy davlatda dinning o'rni O'zbekistonda vijdon erkinligining ta'minlanishi. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo'lib, kelgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy-huquqiy va axloqiy tushunchalar turadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog'lom va barkamolligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o'rni va bajaradigan vazifalari g'oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar tashkilotining Ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstituttsiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o'z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini o'zgartirish erkinligini, o'z dini yoki e'tiqodiga o'zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, e'tiqodda bo'lgan kishilar o'rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta'minlanishini ham nazarda tutadi. Odamlar doimo turli dunyoqarash va e'tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o'z ichki dunyosi, o'z e'tiqodi bo'ladi. U o'z hayotida ana shularga amal qiladi, shular bilan yashaydi, ularni himoya qiladi. Ammo bunday xilma - xillik, qarama - qarshilik aqida va g'oyalarning mavjudligi murosasiz ziddiyatlariga, jiddiy to'qnashuvlarga olib kelmasligi, odamlar, qavmu- millatlar, dinu mazhablar, Mamlakatu davlatlar o'rtasidagi yaxshi munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga to'siq, sun'iy g'ov bo'lmasligi kerak. Hamma gap shundaki, e'tiqodlar o'rtasida nizolar tug'ilmasligi lozim. Vijdon erkinligi tushunchasi. Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u, albatta ma'lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo'ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, obyektiv va subyektiv omillarisiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari « vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda, albatta milliy, mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kerak. Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o'z e'tiqodlaridan qaytarib, dinni ma'muriy tarzda taqiqlab qo'yishning har qanday nazariy va amaliy ko'rinishlariga chek qo'yadi. Shuningdek, u jamiyatdagi barcha dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi kishilarni teng huquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun qilib qo'ymaydi. Shu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon erkinligining amalda namoyon bo'lishi belgilaridan biri deb hisoblaydi. Sobiq tuzumning dinga munosabati. Oktyabr inqilobidan keyin vijdon erkinligi ilmiy ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
26.64 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
26.64 KB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: ppt