O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ТOSHKENT IRRIGASIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZASIYALASH MUHANDISLIK INSTITUTI QOSHIDAGI INTERHAUS TASHKENT AKADEMIK LITSEYI DUNYO DINLARI TARIXI Davlat va din munosabatlari 1.Hozirgi davrda davlat va din munosabatlari 2.Davlat va din munosabatlarining 3.O'zbekistonda davlat va din munosabatlari Davlat va din munosabatlarining ildizlari juda qadim davrlarga borib taqaladi. Ayni paytda ushbu munosabat- turli tarixiy davrlarda har xil mazmun kasb etgan. O'rta asrlarda din jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan, davlat hayotida to'la hukmronlik qilgan davr- lar ham bo'lgan. Ayrim davlatlarda din butunlay inkor etilgan, ya'ni ateizm ustunlik qilgan. XXI asr boshlarida davlat va dinning o'zaro muno- sabatlari bo'yicha davlatlarni quyidagi guruhlarga bo'- lish mumkin: dinga davlat dini maqomi berilgan davlatlar; cherkov ta'siri doirasidagi davlatlar, dunyoviy yoki diniy munosabatlarda betaraflik yo'lini tutuvchi davlatlar; rasmiy dinga ega bo'lmagan davlatlar; din davlatdan ajratilgan davlatlar; katolik cherkovi bilan kelishuvga ega davlatlar; huquqiy e'tirof etilgan diniy guruhlarni muhofaza qiluvchi davlatlar, diniy- jamoaviy tizimli davlatlar. Hozirgi davirda davlat va din munosabatlari Hozirgi davrda jahondagi bir qator davlatlar dinning davlatdan ajratilganini yoki davlatning diniy tashkilotga nisbatan betarafligini Konstitutsiya yoki qonun darajasi- da belgilab qo'ygan. Yuridik tan olingani yoki olinmaganidan qat'i nazar, barcha davlatlar din va e'tiqod erkinligiga humat bilan qarashlarini e'lon qilganlar. Hozirgi davrda davlat va din o'rtasidagi muno- sabatlar bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ta'kidlash zarur. «Sovuq urush» davri tugaganidan keyin dinga qarshi hujumkorlik hamda diniy faoliyat ustidan nazorat qilish siyosati yengillashdi. Bu, bir tomondan, diniy erkinlikning ta'minlanishiga xizmat qilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, diniy sektalarning ko'payishi, yan- gilarining paydo bo'lishiga olib Mazkur jarayon O'zbekiston davlat va din munosabatlari O'zbekistonda o'z mohiyati, mazmuni va huquqiy asoslariga ko'ra din davlatdan ajratilgan hamda vijdon erkinligi, konfessional bag'rikenglik tamoyili mustah- kamlangan. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida diniy tash- kilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi qayd etiladi. Shu bilan birga davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi belgilab berilgan. Mazkur masala O'zbekiston Respublikasining «Vij- don erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qo- nuni mazmunini tashkil etadi. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga (gonun hujjatlarida ko'rsatilgan holatlar bundan mus- tasno) aralashmasligini anglatadi. Shu bilan birga Aso- siy Qonunimizda davlat o'z hududida istiqomat qiluv- chi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivoj- lanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta'kidlanadi. O'zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplar- ga sodiqligining ifodasi sifatida davlatning din va di- niy tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlarida quyidagi prinsiplarga amal qilishini e'lon qildi: dindorlarning diniy tuyg'ularini humat ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
93.67 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
93.67 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: ppt