O'zbekistonda din va diniy tashkilotlar Reja: Diniy bag'rikenglikning mazmuni. Mutaassiblikning g'ayriinsoniy mohiyati. Missionerlik va prozelitizm tahdidi. O'zbekistonda vijdon erkinligining huquqiy asoslari. Noqonuniy diniy xatti harakatlarga qarshi kurashning huquqiy amaliy asoslari. Tayanch tushunchalar: Bag'rikenglik, diniy bag'rikenglik, vijdon erkinligi, mutaassiblik, diniy ekstremizm, terrorchilik, missionerlik, prozelitizm, diniy sektalar, diniy tashkilotlar. 2013 yil yanvar holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida 16 konfessiya va 223 ta diniy tashkilot faoliyat ko'rsatmoqda. Ular quyidagilardir: Islom (O'zbekiston musulmonlari idorasi), Pravoslavlik (Toshkent va O'zbekiston eparxiyasi), Katoliklik (Rim-katolik cherkovi), Lyuteranlik (Nemis-lyuteran cherkovi), Arman-apostol cherkovi, Pyatidesyatniklar (To'liq injil xristianlari), Baptistlar (Yevangel-xristian baptistlar cherkovi), Novoapostol cherkovi, Yettinchi kun adventistlari, Golos bojiy, Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik. Ro'yxatga olingan O'zbekiston bibliya kitob jamiyati esa diniy tashkilot hisoblanib, boshqa konfessiyalardan alohida faoliyat olib borsa-da, diniy konfessiya maqomiga ega emas. Mazkur diniy jamoalar o'rtasida bag'rikenglik madaniyatini shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyoti, turmushimiz obodligi garovlaridan biridir. Diniy bag'rikenglik turli dinga e'tiqod qiluvchilar o'rtasida o'zaro bir-birini tushunish, hurmat, hamjihatlik va hamkorlik ruhining ustuvorligini anglatadi. U diniy tashkilotlar, davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining tizimli va tadrijiy faoliyati, alohida olingan kishilarning bu boradagi talablar, qoidalar va qadriyatlarga og'ishmay amal qilishi natijasida voqelikka aylanadi. Kishilarda vijdon erkinligi bilan bog'liq bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarning yaratilishi davlat tomonidan jamiyatda diniy bag'rikenglik muhiti ustuvor bo'lishini ta'minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, e'tiqodiy asosdagi dushmanlik va adovat uyg'otadigan, his-tuyg'ularni haqoratlaydigan harakatlar, hodisalarning oldini olishga qaratilgan real mexanizmlarning yaratilgani ham diniy bag'rikenglik barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Diniy bag'rikenglikning ustuvorligiga erishishda diniy tashkilotlarning mavjud huquqiy hujjatlar talablari doirasida faoliyat olib borishining ham o'ziga xos o'rni bor. Xususan, yashirin diniy faoliyatga yo'l qo'yilmasligi turli ko'rinishlardagi mutaassiblik va ekstremizmning oldini olishga, konfessiyalar o'rtasida o'zaro murosa va hurmat, tinchlik va totuvlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ'ibot olib borishda, jamiyatning ma'naviy-axloqiy negizlarini izdan chiqarishga qaratilgan, shaxsning shani va qadr-qimmatini kamsituvchi va boshqa shunga o'xshash xatti-harakatlarda foydalanishga yo'l qo'ymaslik ham nihoyatda muhim hisoblanadi. Alohida olingan kishilarda diniy bag'rikenglik madaniyatini tarbiyalashda esa din kishilarning ijtimoiylashuviga, hayot tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi omillardan biri ekani haqida tizimli tasavvurlar hosil bo'lishiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik barobarida har qanday dinga e'tiqod qilish insonning konstitutsiyaviy huquqi ekanini anglash, diniy murosasizlik, nafrat va zo'ravonliklarning asl sabablari, manbaalari va ildizlari to'g'risida chuqur bilimga ega bo'lish ham shaxsda diniy bag'rikenglik madaniyati shakllanishida o'ziga xos o'ringa ega. Boshqa e'tiqod shakllariga nisbatan noxolislik, past nazar bilan qarash, ularning sohiblariga salbiy munosabat ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.98 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.98 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: docx