O'zbekistonda xristianlik

O'zbekistonda xristianlik

O'quvchilarga / Dinshunoslik
O'zbekistonda xristianlik - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda xristianlik Hozirgi kunda mamlakatimizda bir necha xristianlik oqimlari faoliyat olib boradi. Xristianlikning ham zardushtiylik, buddizm kabi O'rta Osiyo xalqlari tarixida o'ziga xos o'rni bor. Bu din O'rta Osiyoga, xususan, O'zbekistonga ikki yo'l bilan kirib kelgan: bunga bir tomondan xristianlikka da'vat etuvchi missionerlarning targ'ibotchilik faoliyati sabab bo'lsa, ikkinchi tomondan, O'rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e'tiqod qiluvchi aholining bu hududga ko'plab ko'chib kelishi orqali oshdi. Bu dinni mahalliy aholi Missionerlar O'rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning II asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Taroz (Merke) cherkovlari qurilib bo'lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik va missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo'lgan. Xurosonliklar va sug'diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham bo'lganlar. Ular Sosoniylar va Qoraxitoylarga qarashli yerlarda yashaganlar. Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o'rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo'lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav metropoliyasi bo'lgan. XIX asrning 70-yillari O'rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladi. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar: masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo'ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e'lon qilingach, bu jarayon yanada faollashdi. Rossiya armiyasi tomonidan birinchi jahon urushida asr olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g'arbiy yevropalik askarlarning Turkiston o'lkasiga surgun qilinishi, ular e'tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo'ldi. Bu, o'z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo'lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30 yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav to'g'ri kelgan yoki 5340 masjidga 306 cherkov to'g'ri kelgan. Bundan tashqari e'tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub bo'lgan staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub edilar. Pravoslav yo'nalishi O'zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O'rta Osiyo va ) yeparxiyasini ochishga qaror qilindi. 1880-yillarga kelib, Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o'zining yangi ibodatxonalari sonini ko'paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati Sirdaryo va Farg'ona viloyatlarida qurildi. 1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug'i bilan Turkiston kafedral sobori Vernыydan (hozirgi Almati) shahriga ko'chirildi. Cherkovlar soni 1930-yillarga qadar O'zbekiston hududida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.8 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.8 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga