Qadimgi Mesopotamiya xalqlari dinlari

Qadimgi Mesopotamiya xalqlari dinlari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Qadimgi Mesopotamiya xalqlari dinlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Qadimgi Mesopotamiya xalqlari dinlari. Reja: 1)Mesopotamiyada diniy tizim shakllanishi. 2)Mesopotamiyada ko'pxudolik diniy tizimi. Qadimgi Mesopotamiya xalqlari dinlari Insoniyat tarixida ilk diniy tizimlar vujudga kelgan qadimgi markazlardan biri Mesopotamiya (Ikkidaryooralig'i)dir. U yerda diniy tizim miloddan avvalgi IV va II ming yilliklar chegarasida paydo bo'lgan. Mesopotamiyada diniy tizimning paydo bo'lishi va rivojlanishini o'rganishda ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarni hisobga olish talab etiladi. Mintaqada Qadimgi Sharqning boshqa markazlaridan farqli o'laroq, ayrim istilochi hukmdorlar (Sargon, Xammurapi) siyosiy rejimlarini hisobga olmaganda, kuchli, barqaror, markazlashgan davlat tashkil topmagan. Mintaqadagi shahar-davlatlar o'rtasida siyosiy hukmronlik uchun o'zaro urushlar to'xtovsiz davom etgan. Shuning uchun Mesopotamiyadagi siyosiy vaziyatning o'ziga xosligi shahar-davlatlar hukmdorlarining mavqeiga ta'sir etgan. Bu yerda davlat boshliqlarining shaxsi ulug'lanib, xudolar darajasiga ko'tarilmagan, ularga «xudoning farzandi», «yerdagi xudo» degan unvonlar berilmagan. Mahalliy hukmdorlar bosh ruhoniy va xudo bilan bevosita aloqada bo'luvchi vakil, diniy marosimlarga rahbarlik qiluvchi va xalqning iltijolarini xudoga yetkazuvchi vositachi hisoblangan. Mesopotamiya diniy tizimi ko'pxudolikka asoslangan. Mintaqadagi xudolarni, ijtimoiy hayotdagi ahamiyatiga ko'ra, mahalliy va umumdavlat xudolariga bo'lish mumkin. Mahalliy xudolarga har bir shahar, qishloq va mahallaga homiylik qiluvchi xudolarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Shahar, qishloq va mahallaning markazida unga homiylik qiluvchi xudoga bag'ishlab sajdagoh (zikkurat) qurilgan. U konussimon shakldagi to'rtburchak bino bo'lib, tashqi ko'rinishidan yuqoriga qarab qisqarib boradigan zinani eslatadi. Sajdagoh 3-7 qavat qilib pishiq g'ishtdan qurilgan. Binoning yuqori qavatlariga zinalar yoki nishab shaklda qurilgan yo'laklar orqali ko'tarilgan. Odatda zikkuratning yuqori qavati osmon jismlari harakatini kuzatishga mo'ljallangan observatoriya vazifasini bajargan. Odamlar homiy xudolariga sig'inganlar, qurbonliklar qilganlar. Homiy xudo, qaysi sohaga ixtisoslashganligidan (osmon xudosi, yer xudosi, hosildorlik xudosi va hokazo) qat'i nazar, undan najot so'rab murojaat qilgan odamga ilohiy yordam beradi deb hisoblangan. ZIKKURAT binosining ko'rinishi Ikki daryo oralig'i xalqining ijtimoiy ongida umumdavlat xudolari qadimdan shakllana boshlagan. Afsonalarga ko'ra, ilk shahar-davlatlar paydo bo'lgan davrlarda Shumer panteoni (grekcha pantheioh - barcha xudolar degan ma'noni anglatadi) vujudga kelgan. Qadimgi Shumer xudolari odamlardek hayot kechirgan va ko'paygan. Masalan, osmon xudosi - An va yer ma'budi - Kidan havo xudosi - Enlil va suv xudosi - Ea tug'ilgan. Xudolar o'zaro murakkab munosabatlarga kirishgan. Bu munosabatlarga tarixiy davrlar, siyosiy vaziyat va sulolalarning o'zgarishi ta'sir etgan. Shumerlar xudosi ENLIL Shumer xudolariga havo xudosi - Enlil boshchilik qilgan. Uning hokimiyati rasmiy ahamiyatga ega bo'lgan. Enlil tenglar orasida birinchi bo'lgan. Hokimiyatni qo'lga kiritish uchun uning qarindoshlari bo'lmish yetti juft buyuk xudolar o'zaro kurashganlar. O'zaro kurashda mag'lub bo'lgan xudo hokimiyatdan chetlatilib, yer ostidagi o'liklar podsholigiga badarg'a qilingan. Xudolar boqiy bo'lganligi bois yer ostidagi o'liklar podsholigiga tushib qolgan xudo uzoq qiyinchiliklar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 743.35 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 743.35 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga