qadimgi misr va yunoniston dinlari Qadimgi Misr dinlari nomlarning rahnamo-xudolariga sig'inishga asoslangan. Mil. av. IV asrda qabilalar nomlar deb atalgan. Nom xudolariga sig'inish juda uzoq muddat davom etganligiga qaramasdan o'zining qadimiy xususiyatlarini saqlab qolgan. Har bir qabila o'z xudosiga ibodat qilish, uni e'zozlash bilan bir qatorda o'sha xudo bilan qandaydir jihat bilan bog'liq bo'lgan muayyan hayvonni ham ezozlagan va unga sig'ingan. Ular ikkalasi yoki alohida-alohida shaklda yoxud zooantropomorf, yani odam-hayvon shaklida tasvirlangan. Masalan, Elefantinda - qo'yga, Denderada - sigirga, Siutda - chiyabo'riga, Germopolda - ibis (laylakka o'xshash uzun oyoqli qush) va pavianga (ittumshuq maymun), al-Fayyum vodiysida - timsohga, Bubastisda esa mushukka sig'inganlar. Janubiy Misrning qadimiy birlashishiga asos bo'lgan Nexenda kalxat ayol xudosiga, unga yaqin joylashgan Naxabda suv nilufariga sig'inganlar. Shimoliy Misr birlashuvining qadimiy markazi Butoda muqaddas ilonga, qo'shni Pe jamoasida asalariga sig'inganlar. Ko'rinib turibdiki, Qadimgi Misr dinlarida ko'proq totemistik unsurlar saqlanib qolgan. Ko'pchilik tadqiqotchilarning takidlashlaricha, Misr totemizmi qabilaviy emas, balki mahalliy bo'lgan. Shunga qaramay, Afrika etnografiyasi keltirgan ishonchli dalillar hayvonlarni ulug'lash va ularga sig'inish odatlari avval malum bir qabila miqyosida bo'lib, keyinchalik muayyan hudud doirasini qamrab olganligidan dalolat beradi. Deyarli barcha mahalliy rahnamo-xudolarga sig'inish udumlari muqaddas hisoblangan hayvonga odam shaklini berish bilan kelib chiqqan. Masalan, mushuk keyinchalik mushuk boshli Bastet xudosiga, lochin - Gor xudosiga aylangan. Totaning ibis boshli, Anubisning it boshli, Sobekning timsoh boshli, Soxmetning urg'ochi sher boshli, Xator xudosining sigir boshli qilib tasvirlanishi muqaddas hayvonlarning keyinchalik yarim odam-yarim hayvon shakliga kirganidan darak beradi. Misr xudolari orasida Nexebt, Xator, Neyt, Soxmet, Neftida kabi ko'p sonli ayol xudolarining mavjudligi Qadimgi Misrda matriarxal munosabatlar kuchli bo'lganligining oqibatidir. Misrning birlashish davridan avvalroq butun Misrning umumiy xudolari kulti vujudga kelganligini kuzatish mumkin. Agar biron-bir qabila Misrning birlashtirilishida asosiy o'rinni egallasa, o'sha qabilaning xudosi umumdavlat mabudiga aylangan. Misrning umumiy xudolari orasida eng qadimiylaridan biri lochin Gor xudosi bo'lib, avval unga Ierakonpol va Edfuda sig'inganlar. Bu mintaqadan chiqqan Gorga sig'ingan podshohlar Misrning ilk birlashtiruvchilari bo'lganlar (1-2-sulola; mil. av. to'rtinchi ming yillikning oxiri). Ular o'z qabilaviy xudolarini umummisr quyosh xudosiga aylantirdilar. Mamlakat poytaxti Memfisga ko'chirilgan vaqtda (3-sulola; mil. av. 300 y. atrofi) Misrning asosiy rasmiy xudosi Ptax nomli Memfis xudosi bo'lib qoldi. Mil. av. 2700 yillar atrofida 5-sulola hokimiyat tepasiga kelgan paytda On (Geliopol) shahri bilan bog'liq bo'lgan Atum (Ra) xudosi Misrning oliy xudosiga aylandi. 11-12-sulolalar davrida (mil. av. 2100-1800 y. ) juda ham mashhur bo'lmagan Amon xudosi umummisr xudolarining asosiysiga aylandi va oldingi oliy xudo Ra bilan birlashib Amon-Ra shaklini oldi. Mamlakatning birlashtirilishi natijasida mahalliy ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.14 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.14 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: pptx