Qadimgi sivilizatsiyalar dinlari

Qadimgi sivilizatsiyalar dinlari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Qadimgi sivilizatsiyalar dinlari - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi sivilizatsiyalar dinlari Reja: Qadimgi Misr xudolari. Yunoniston dinlari. Qadimgi Rim dini. Mesopotamiya. Qadimgi german dinlari. Slavyan qabilalarining dinlari. Amerika hindulari dini. Tayanch tushunchalar: Elf, trol, niksa, gnom, Van va As, Odin, Valkiriya, Olam daraxti, Perun, Svarog, Dajbog, Xors, Yarilo, Nom, Bastet, Anubis, Sobek, Gor, Nexebt, Xatxor, Neyt, Soxmet, Neftida, Gekata, Aida, Gerakl, Iffokal, Ivrinom, Borsa, Erota, Zevs, Gera, Artemida, Silvan, Saturn, Mars, Yupiter, Tserera, Liber, Enmerkar, Lugalband, Gilgamesh, Anu, Enlil, Ea, Nag. Qadimgi Misr dini Nomlarning rahnamo-xudolariga sig'inishga asoslangan. Mil. av. IV asrda qabilalar nomlar deb atalgan. Har bir qabila o'z xudosiga ibodat qilish, uni e'zozlash bilan bir qatorda o'sha xudo bilan qandaydir jihat bilan bog'liq muayyan hayvonni ham ezozlagan va unga sig'ingan. Masalan, Elefantinda - qo'yga, Denderada - sigirga, Siutda - chiyabo'riga, Germopolda - ibis (laylakka o'xshash uzun oyoqli qush) va pavianga (ittumshuq maymun), al-Fayyum vodiysida - timsohga, Bubastisda esa mushukka sig'inilgan. Janubiy Misrning qadimiy birlashishiga asos bo'lgan Nexenda kalxat ayol xudosi, unga yaqin joylashgan Naxabda suv nilufari, Shimoliy Misr birlashuvining qadimiy markazi Butoda muqaddas ilon, qo'shni Pe jamoasida esa asalari ilohiylashtirilgan. Mazkur holdan kelib chiqqan holda, deyarli barcha mahalliy rahnamo-xudolarga hayvon-odam shaklini berish kelib chiqqan. Masalan, mushuk keyinchalik mushuk boshli Bastet xudosiga, lochin - Gor xudosiga aylangan. Shuningdek, Tot ibis boshli, Anubis it boshli, Sobek timsoh boshli, Soxmet urg'ochi sher boshli, Xatxor xudosi sigir boshli qilib tasvirlangan. Ko'rinib turibdiki, Qadimgi Misr dinlarida ko'proq totemistik unsurlar saqlanib qolgan. Misr xudolari orasida Nexebt, Xatxor, Neyt, Soxmet, Neftida kabi ko'p sonli ayol xudolar ham mavjud bo'lgan. Misrning birlashish davridan avvalroq butun Misrning umumiy xudolari kulti vujudga kelganligini kuzatish mumkin. Agar biron-bir qabila Misrning birlashtirilishida asosiy o'rinni egallasa, o'sha qabilaning xudosi umumdavlat mabudiga aylangan. Umumiy xudolar orasida eng qadimiylaridan biri Gor xudosi bo'lib, avval unga Ierakonpol va Edfuda sig'inganlar. Bu mintaqadan chiqqan podshohlar Misrning ilk birlashtiruvchilari bo'lganlar (1-2-sulola; mil. av. to'rtinchi ming yillikning oxiri). Ular o'z qabilaviy xudolarini umummisr quyosh xudosiga aylantirdilar. Mamlakat poytaxti Memfisga ko'chirilgach (3-sulola; mil. av. 300 y. atrofi) Misrning asosiy rasmiy xudosi Ptax nomli mahalliy xudo bo'lib qoldi. Mil. av. 2700 yillar atrofida 5-sulola hokimiyat tepasiga kelgach esa On (Geliopol) shahri bilan bog'liq bo'lgan Atum (Ra) xudosi Misrning oliy xudosiga aylandi. 11-12-sulolalar davrida (mil. av. 2100-1800 y.) juda ham mashhur bo'lmagan Amon xudosi umummisr xudolarining asosiysiga aylandi va oldingi oliy xudo Ra bilan birlashib Amon-Ra shaklini oldi. Mamlakatning birlashtirilishi natijasida mahalliy xudolar ham ikkinchi darajali mabudlarga aylanganlar. Germopol xudosi Tot (Ibis) olimlar va kotiblar rahnamosiga, Siut xudosi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.82 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.82 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga